Alisher Usmonov ilk bor uning merosxo‘ri kim bo‘lishini aytdi

© Sputnik / Vladimir AstapkovichMilliarder Alisher Usmanov
Milliarder Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Milliarderning so‘zlariga ko‘ra, hayot abadiy emas, agar sen taqdirdan biror narsa olgan bo‘lsang, buni senga hayot yo‘lingda yordam bergan kishilar bilan baham ko‘rishing lozim.

TOShKENT, 4 yanv - Sputnik. Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Financial Times gazetasiga bergan intervyusida uning vafotidan so‘ng boyliklari kimga qolishi mumkinligi haqida so‘zlab berdi.

Suhbat chog‘ida jurnalist Usmonov meros qoldirish masalasini qanday hal qilishi bilan qiziqqan.

Ishbilarmon bunga javoban “hayot abadiy emasligi” va “agar sen taqdirdan biror narsa olgan bo‘lsang, buni baham ko‘rishing lozim”ligini ma’lum qilgan.

Biznesmen Alisher Usmanov - Sputnik O‘zbekiston
Usmonov fondi "MISiS" filiali faoliyatini moliyalashtirishda davom etadi

Usmonov uning hayot yo‘lida ko‘p insonlar yordam berganini ta’kidladi, shuning uchun aksiyalari o‘z oilasi va top-menejerlariga bermoqchi.

Uning so‘zlariga qaraganda, boyligining 50 foizini yaqinlariga, qolgan 50 foizini esa bunga loyiq bo‘lgan xodimlariga berish istagida. Milliarder kapitaldagi hissaga bugun uning kompaniyalarida asosiy vazifalarni egallab turganlar da’vogarlik qilishlari mumkinligini ta’kidlagan.

Alisher Usmonov USM Holdings kompaniyasining asoschisi va asosiy aksiyadori hisoblanadi. Forbes jurnali talqiniga ko‘ra u Rossiyaning eng boy ishbilarmonlari reytingida 9-pog‘onani egallab turibdi. Hozirda uning boyligi 12,6 mlrd dollarga baholanmoqda.

Yangiliklar lentasi
0