Toshkentda favqulodda holatlarda murojaat uchun yagona qisqa raqam yaratish taklif etildi

© Ramiz BaxtiyarovDispetcher za rabotoy
Dispetcher za rabotoy - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Toshkent shahri aholisiga qulayliklar yaratish maqsadida “Aqlli shahar” (Umniy gorod) konsepsiyasiga qo‘shimcha tarzda turli favqulodda holatlarda qo‘ng‘iroq qilinadigan telefon raqamlarini (101, 102, 103, 104) yagona raqamga birlashtirishni taklif qilindi.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Toshkent shahrida favqulodda holatlar uchun yagona qisqa raqamlarni joriy etish taklif etilmoqda. Bu haqdagi petitsiya “Mening fikrim” jamoaviy murojaatlar portalida e’lon qilindi.

Toshkent shahri aholisiga qulaylik yaratish maqsadida turli favqulodda vaziyatli holatlarda qo‘ng‘iroq qilish uchun mavjud bo‘lgan “101”, “102”, “103”, “104” raqamlarini yagona qisqa raqamga birlashtirish taklif qilinmoqda.

Fontan v Dubae - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentda dunyoda eng chiroyli va “Ginness kitobi”ga kiradigan favvorani qurish taklif etildi

“Negaki, favqulodda vaziyatli (avariya, yong‘in, betoblik, is gazi chiqishi kabi) holatlarda odamning o‘zini yo‘qotib qo‘yishi natijasida raqamlarda adashish yoki tegishli raqamni yoddan chiqarib bir necha tashkilotlarga qo‘ng‘iroq qilishi va vaqt yo‘qotishiga sabab bo‘lmoqda”, deydi murojaat muallifi.  

Shuningdek, muallifga ko‘ra, yagona raqamga qo‘ng‘iroqni amalga oshirish uch tilda so‘zlay oladigan operator xizmatidan foydalanishni ta’minlash zarur. Bunda operator fuqarodan avariya tafsilotlarini aniq o‘rganib, zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda qo‘ng‘iroq qiluvchining joyini tez fursatda aniqlaydi.

So‘ng avariya sodir bo‘lgan joyga qisqa yo‘nalishni tanlab, o‘t o‘chirish xizmatiga, yong‘inda jabrlanuvchilar bo‘lsa, tez yordam xizmatiga qo‘ng‘iroqni o‘zi amalga oshiradi. Ularga o‘rganilgan marshrut va qolgan ma’lumotlarni taqdim qiladi.  

Bundan tashqari operator ijrochini nazorat qilib, o‘talgan xizmat hisobotini oladi va monitoring yuritadi.

Muallif aynan qanday yoddan chiqmaydigan yagona qisqa raqamni taklif qilishiga oydinlik kiritmagan.

Yangiliklar lentasi
0