Rossiya Davlat dumasida Sulaymoniy o‘ldirilishi yuzasidan munosabat bildirildi

© Sputnik / Sergey Kuznetsov / Mediabankka o‘tishZdanie Gosudarstvennoy Dumi RF
Zdanie Gosudarstvennoy Dumi RF - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQSh Yaqin Sharqda terrorizm bilan kurashmayotganidan dalolat beradi

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi AQSh Yaqin Sharqda terrorizm bilan kurashmayotganidan dalolat beradi. Bunga o‘xshash harakatlar mintaqadagi vaziyatni keskinlashtiradi. Bu haqda Rossiya Davlat dumasining Suriya parlamenti bo‘yicha aloqa guruh koordinatori Dmitriy Sablin RIA Novostiga ma’lum qildi.

“General Qosim Sulaymoniyning o‘ldirilishi – bu AQShning Yaqin Sharqdagi maqsadi terrorizm bilan kurashish emasligini yana bir dalili. Sulaymoniy Iroq va Suriyadagi IShID* va boshqa terroristik guruhlar ustidan g‘alab qozonishga katta hissa qo‘shgan. AQShni dunyo jandarmi roli allaqachon qoniqtirmay qo‘ygan va o‘zini dunyo jallodi rolida sinab ko‘rmoqda”, - dedi Sablin.

Verxovniy rukovoditel Islamskoy Respubliki Iran Sayed Ali Xamenei - Sputnik O‘zbekiston
Eron oliy yetakchisi general Sulaymoniy o‘limi uchun AQShdan qasos olishga va’da berdi

Rossiyalik siyosatchi bunga o‘xshash harakatlar qonunga xilof qotillik ekani va bu mintaqadagi, jumladan, Suriyadagi vaziyatni keskin yomonlashtirishini ta’kidlagan.

Iroqdagi Amerika zarbasi oqibatida Eronning “Quds” maxsus bo‘linmasi rahbari Qosim Sulaymoniy 2-yanvar kuni o‘ldirildi. U bilan birga Iroqning “Al-Hashd ash-Sha’biy” shia guruhining bir necha yetakchilari halok bo‘ldi.

Pentagon Iroq aeroportiga Donald Tramp farmoyishiga asosan aviazarba berilganini ma’lum qildi. Vashington halok bo‘lgan Sulaymoniyni AQShning Iroqdagi elchixonasi va koalatsiya bazasiga uyushtirilgan hujumlarga aloqador deb hisoblaydi.

Eron TIV rahbari Muhammad Javad Zarif IISK generali o‘limini “xalqaro terrorchilik akti” deb atadi.

*”Islom davlati” (IShID, ID) - Rossiya taqiqlangan terrorchilik tashkilot

Yangiliklar lentasi
0