Komil Allamjonov andijonlik bloger ishi yuzasidan munosabat bildirdi

© FacebookAndijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan
Andijanskiy bloger Otabek Nuritdinov arestovan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ta’kidlanishicha, agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bog‘liq sud qaroriga ta’sir ko‘rsatishga haqli emas.

TOShKENT, 3 yanv - Sputnik. Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi rahbari Komil Allamjonov ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan bloger Abdufatto Nuritdinov  ishi yuzasidan munosabat bildirdi.

“Bizning agentlik fuqaro Abdufatto Nuritdinov bilan bog‘liq sud qaroriga ta’sir ko‘rsatishga haqli emas. Aybdor tomon sud qaroridan norozi bo‘lsa, kassatsiya tartibida yuqori turuvchi sud instansiyasiga murojaat qilishi mumkin”, - deyiladi xabarda.

Shuningdek, u ushbu holat tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum etish normasini tezroq bekor qilishni  taqozo qilishini qo‘shimcha qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyati hokimligi matbuot xizmati bloger Abdufatto Nuritdinovning qamoqqa olinganligi yuzasidan bayonot bergani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0