Rossiyada telefon raqami bo‘yicha pul o‘tkazishda endi haq undiriladi

© Sputnik / Natalya Seliverstova / Mediabankka o‘tishKliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat
Kliyent Sberbanka vnosit nalichnie dengi v bankomat - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Markaziy Bank kredit tashkilotlari mijozlardan oladigan komissiya miqdorini cheklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

TOShKENT, 1 yanv - Sputnik. 2020-yil 1-yanvar sanasidan boshlab Rossiya Markaziy banki tezkor pul o‘tkazish tizimidan foydalanganlik uchun banklardan komissiya ola boshlaydi, deb xabar qilmoqda RT TASSga tayangan holda.

Moneta nominalom odin rubl na banknote odin dollar SShA - Sputnik O‘zbekiston
Xorijdan O‘zbekistonga tez va arzon pul o‘tkazish tizimi ishga tushdi

"Rossiya banki pul jo‘natmasi summasiga qarab o‘tkazuvchi-bank hamda qabul qiluvchi-bankdan birdek 5 tiyindan 3 rublga qadar komissiya oladi", - deyilgan xabarda.

Qayd etilishicha, endilikda Markaziy Bank kredit tashkilotlari mijozlardan oladigan komissiya miqdorini cheklash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, tezkor pul jo‘natmalari tizimi o‘tgan yil yanvar oyi oxirida yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, bugungi kunda uning ishtirokchilari soni 30dan oshgan. Ushbu tizim yordamida odamlar (pul yuboruvchi va oluvchining hisob raqami qaysi bankda ochilganligidan qat’i nazar) bir-birlariga telefon raqami orqali pul o‘tkazish, tovarlar va xizmatlar uchun QR-kod orqali to‘lovni amalga oshirish imkoniga ega bo‘ladilar.

Tezkor pul jo‘natmalari tizimi hisob kliring markazi, to‘lov kartalari milliy tizimi taqdim etgan so‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu tizimdan foydalanuvchilar soni 1,3 milliondan oshib ketgan, u ishga tushirilgan vaqtdan boshlab esa jami 48 milliard rubldan ortiq summaga 5,5 milliondan ko‘p operatsiyalar amalga oshirilgan.

Yangiliklar lentasi
0