Mirziyoyev O‘zbekiston xalqini Yangi yil bilan tabrikladi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaPrezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev
Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyoyev - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
"Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz. 2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz", dedi o‘z tabrik nutqida prezident

TOShKENT, 31 dek - Sputnik. O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Yangi yil tabrigini yo‘lladi. "Mana shu quvonchli lahzalarda siz, azizlarni, ko‘p millatli butun xalqimizni Yangi yil bayrami bilan chin qalbimdan muborakbod etaman! Barchangizga sihat-salomatlik, oilaviy baxt tilayman!", deya boshladi davlat rahbari o‘z tabrigini.

Prezident Uzbekistana Shavkat Mirziyeyev - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekiston. 2019-yil: ortga yo‘l yo‘q!

Mirziyoyev 2019-yil mamlakat uchun unutilmas voqealarga boy bo‘lganini, turli qiyinchilik va sinovlar boshdan kechirilganini ta’kidladi.

"Xalqimizning fidokorona mehnati bilan "Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili"da ulkan yutuqlarga erishdik. Mamlakatimiz salohiyati va  raqobatbardoshligini oshirish yo‘lida yangi qadamlar qo‘yildi. Iqtisodiyotimizning yetakchi soha va tarmoqlari jadal rivojlanmoqda. Yuqori texnologiyalarga asoslangan zamonaviy korxonalar, yangi transport tizimlari ishga tushirilmoqda. Mirishkor dehqon va fermerlarimiz, murakkab ob-havo sharoitiga qaramasdan, mo‘l hosil yetishtirdilar. 

Kichik biznes va xususiy tadbirkorlikka keng yo‘l ochildi. Yil davomida hududlarda aholi, ayniqsa, yoshlarimiz, xotin-qizlar uchun ko‘plab yangi ish o‘rinlari yaratildi", - dedi prezident.

Davlat dasturlari asosida shahar va qishloqlar, yurt qiyofasi butunlay o‘zgarmoqda. 2019 yilda ming-minglab o‘zbekistonliklar, jumladan, kam ta’minlangan oilalar shinam uy-joylarga ega bo‘ldilar. 

Ilm-fan, ta’lim va tarbiya sohasida tub burilish davri boshlandi. 

Yangi-yangi bog‘cha va maktablar, oliy o‘quv yurtlari, yetakchi xorijiy universitetlarning filiallari, shifoxonalar, madaniyat va sport maskanlari bunyod etilmoqda.

"Eng muhimi, odamlarimizning hayot darajasi, Vatan taqdiriga daxldorlik tuyg‘usi, ertangi kunga ishonchi tobora kuchaymoqda. Jamiyatimizda demokratiya tamoyillari, ochiqlik va erkinlik muhiti chuqur qaror topmoqda", - dedi Mirziyoyev hamda Oliy Majlis va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar buni yaqqol tasdiqlaganini qo‘shimcha qildi.

"Hurmatli yurtdoshlar! Biz milliy yuksalishning muhim bosqichiga qadam qo‘ymoqdamiz. 2020 yilda ham iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda keng ko‘lamli islohotlarimizni faol davom ettiramiz. Xususiy mulk, tadbirkorlik va biznes uchun yanada qulay muhit yaratishga, yangi ish o‘rinlari tashkil etishga alohida ahamiyat qaratamiz. Ish haqi, pensiya, stipendiya va nafaqalarni, aholi real daromadlarini ko‘paytirish e’tiborimiz markazida bo‘ladi.

Novogodnee oformlenie Nikolskoy ulisi - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yil aslida kimning bayrami?

Odamlarimizning yashash sharoitini, kommunal-maishiy xizmat sifatini  yaxshilash, arzon va qulay uy-joylar  qurish bo‘yicha boshlagan ishlarimizni yanada kengaytiramiz. Farzandlarimizga munosib ta’lim va tarbiya berishga, ularning qobiliyat va iste’dodini ro‘yobga chiqarishga barcha kuch va imkoniyatlarimizni safarbar etamiz", - dedi prezident.

Aholi salomatligini mustahkamlash, sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga qaratilgan ishlarimiz yangi bosqichga ko‘tariladi.

Nuroniy faxriylar, ayollarga e’tibor va g‘amxo‘rlikni yanada kuchayadi. Ijtimoiy himoya va ko‘makka muhtoj fuqarolarni doimiy qo‘llab-quvvatlashga birinchi darajali ahamiyat beriladi.

"Tinchlik va barqarorlikni, jamiyatimizda o‘zaro hurmat va ahillikni mustahkamlash asosiy vazifamiz bo‘lib qoladi. Bu borada dunyo hamjamiyati, avvalo, yon qo‘shnilarimiz bilan samarali hamkorlikni har tomonlama kuchaytiramiz", - dedi O‘zbekiston rahbari.

Prezident o‘z tabrigi yakunida 2020-yil har bir oila, har qaysi xonadonga  qut-baraka, baxt va omad olib kelishini, barcha ezgu maqsadlar ro‘yobga chiqishini, O‘zbekiston gullab-yashnashini tiladi.

Yangiliklar lentasi
0