Uch sababga ko‘ra, chet el fuqarosi O‘zbekistondan chiqib keta olmaydi

© Sputnik / Maksim BlinovList bumagi v ruke
List bumagi v ruke - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzgan hollarda ularning mamlakat hududidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. O‘n sakkiz yoshga to‘lmagan chet el fuqarosi va fuqaroligi bo‘lmagan shaxslarning O‘zbekistonda bo‘lish qoidalarini buzgan hollarda ularning mamlakat hududidan chiqib ketishiga  yo‘l qo‘yilmaydi. Bu haqda hukumat qarorlari joylashtirib boriladigan portalda aytilmoqda. 

Lazernoe shou na ploshadi Registan v Samarkande - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda 2020-yil uchun madaniy tadbirlarning yagona taqvimi chop qilindi

Qayd etilishicha, ushbu chet el fuqarosining O‘zbekiston hududida sodir etgan jinoyati uchun sud tomonidan jazo ijro etib bo‘lingan holda yoki jazoni o‘tab bo‘lgach, shuningdek, jinoiy javobgarlik belgilangan yoki jazodan ozod qilingan hollarda uning mamlakat hududidan chiqib ketishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Shu qatorida ushbu shaxsning ota-onasidan biri yoki uni vasiylik yoxud homiylikka olgan shaxs O‘zbekistonda qonuniy tartibda yashash huquqiga ega bo‘lishi kerak.

Bundan tashqari, yangi kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, “Mehribonlik” uyi va Bolalar shaharchasi bitiruvchilari bo‘lgan chin yetimlar OTMlarga qabulning umumiy sonidan qo‘shimcha 1 foizgacha davlat granti bo‘yicha qabul kvotasiga ega bo‘lishadi. 

Shuningdek, ota-ona qarovisiz qolgan bolalarning davlat organiga bevosita qilgan murojaatini to‘liq o‘rganib chiqish kafolatlanadi. 

Bola to‘liq muomala layoqatiga ega emasligi sababi bilan murojaatning ko‘rib chiqilmasligiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Yangiliklar lentasi
0