Toshkent xalqaro aeroportiga MAN avtobuslari topshirildi

© UzavtosanoatAvtobusi MAN A22 peredani v aeroport Tashkenta
Avtobusi MAN A22 peredani v aeroport Tashkenta - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan MAN A22 avtobuslari YeVRO-4 ekologik standartlariga muvofiq bo‘lib, ulardan nafaqat O‘zbekiston, balki Bojxona ittifoqi mamlakatlari hududlarida ham foydalanish mumkin.

TOShKENT, 30 dek - Sputnik. Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportiga MAN A22 yangi avtobuslari topshirildi. Bu haqda AO "Uzavtosanoat" AJ axborot xizmati ma’lum qildi. 

Qayd etilishicha, Samarqanddagi  «JV MAN Auto-Uzbekistan»korxonasida ishlab chiqarilgan MAN A22 avtobuslari yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish sifatini oshirish maqsadida xarid qilingan. Ushbu avtobuslar yo‘lovchilarni aeroport terminalidan samolyot bortiga va ortga yetkazib qo‘yish vazifasini bajaradi.

Uzunligi 12 metrli, bir reysda 100 nafar yo‘lovchi tashish uchun mo‘ljallangan avtobuslar ichida bundan tashqari yo‘lovchilarning kirish va chiqishi,  konditsionerlash va isitish tizimi kabi qulayliklar bilan ta’minlangan.

Ushbu avtobuslar Qozog‘istonda sertifikatsiyadan o‘tgan va Bojxona ittifoqining “G‘ildirakli transport vositalari xavfsizligi to‘g‘risida”gi texnik reglamentlari talablariga va YeVRO-4 ekologik standartlariga to‘liq muvofiq keladi. Shu tariqa, avtobuslarimiz sifati ulardan nafaqat O‘zbekiston, balki Bojxona ittifoqi mamlakatlari hududlarida ham foydalanish imkonini beradi.

Yangiliklar lentasi
0