Shomurodov uylandi

© FK "Rostov"Eldor Shomurodov jenilsya
Eldor Shomurodov jenilsya - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonda 2019-yilning eng yaxshi futbolchisi deb e’lon qilingan Eldor Shomurodov 28-dekabr kuni uylandi.

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. “Rostov”ning o‘zbekistonlik mashhur forvardi Eldor Shomurodov uylandi, deb xabar qilmoqda klub matbuot xizmati.

Yangi yil arafasida o‘zbekistonlik hujumchi o‘zining yaxshi ko‘rgan qiziga uylandi. Kelin 24 yoshda, uning ismi Amina. U Eldor bilan bir necha oy oldin tanishgan. To‘y marosimi 28-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, Eldor Shomurodov “Rostov” jamoasida 2017-yildan buyon o‘ynaydi. U Rossiya Premyer ligasining 19ta o‘yinida ishtirok etib 10ta gol urgan va 5ta natijali uzatma bergan. O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida Shomurodov 2019-yilda 13ta gol urib, yilning eng yaxshi futbolchisi deb topilgan.

© TvitterEldor Shomurodov jenilsya
Shomurodov uylandi - Sputnik O‘zbekiston
Eldor Shomurodov jenilsya
Yangiliklar lentasi
0