TOShKENT, 30 dek – Sputnik. 2019-yilning 30-dekabr kuni 8 ta bayramona tusda bezatilgan avtobuslar shahar aylanadi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi axborot xizmati ma’lum qildi.
Xabarda aytilishicha, bugun 30-dekabr kuni soat 21.00 dan boshlab, shahar bo‘ylab 8 ta bayramona bezatilgan avtobuslar karvoni harakatlanadi.
Bayram avtobuslari shaharning Amir Temur hiyoboni, Istiqlol ko‘chasi, Alisher Navoiy shoh ko‘chasi, Alisher Navoiy ko‘chasi, Paxtakor metrosi, Mustaqillik maydoni, Xalqlar do‘stligi metrosi, O‘zbekiston metrosi, Olmazor tumani, Furqat ko‘chasi, Next savdo markazi, Bobur ko‘chasi, Yakkasaroy tumani, Beshchinor ko‘chasi, Bog‘saroy ko‘chasi, Vosit Vohidov ko‘chasi, Ko‘hinur Mirobod ko‘chasi, Kosmanavtlar metrosi bo‘ylab harakatlanadi.
Shuningdek, shahar hokimligi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi yil bayrami kuni mushakbozlik bo‘lmaydi. Bunga noqulay ob-havo sharoitining kuzatilayotgani sabab bo‘lmoqda.