AQSh davlat kotibi 5-yanvar kuni Toshkentga keladi

© Sputnik / Aleksey Vitviskiy / Mediabankka o‘tishGossekretar SShA Mayk Pompeo
Gossekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

TOShKENT, 30 dek – Sputnik. 2020-yilning 5-yanvar kuni AQSh Davlat kotibi Maykl Pompeo Toshkent shahriga tashrif buyuradi, deb xabar TIV matbuot xizmati.

Gosudarstvenniy sekretar SShA Mayk Pompeo - Sputnik O‘zbekiston
Mayk Pompeo 2020-yilda O‘zbekistonga tashrif buyurishni rejalashtirmoqda

AQSh Davlat departamenti delegatsiyasi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul qilinadi.

Tashrif dasturida O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida ikki tomonlama muzokaralar o‘tkazishi nazarda tutilgan bo‘lib, unda 2018-yil may oyida Vashington shahrida bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi O‘zbekiston-AQSh uchrashuvi doirasida erishilgan kelishuvlarning bajarilishi hamda xalqaro muammolar yuzasidan fikr almashish rejalashtirilgan.

6 yanvar kuni AQSh Davlat kotibi “Markaziy Osiyo – AQSh” shaklidagi vazirlar uchrashuvida (“C5+1”) ham ishtirok etadi. Tomonlar mintaqaviy hamkorlikka oid masalalarni, xususan, iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirish, chegara xavfsizligini mustahkamlash, shuningdek, Markaziy Osiyoning savdo va transport tizimlariga Afg‘onistonni integratsiya qilishni muhokama qiladilar.

Yangiliklar lentasi
0