TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekistonning yoshlarning startap loyihalarini rivojlantirishga qaratilgan IT parklar quriladi. Bu haqda prezident Shavkat Mirziyoyev Muhammad al-Xorazmiy nomidagi maktabda yoshlar bilan bo‘lgan uchrashuvda ma’lum qildi.
Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi xabariga ko‘ra, uchrashuvda yoshlar hayotidagi muammolar, dolzarb vazifalar muhokama qilindi.
“Agar biz yoshlarning yangi startap loyihalarini jamiyat hayotiga tatbiq qila olsak, rivojlanish bo‘ladi. Bu dasturlarni amalga oshirsak, xatolarimiz kamroq bo‘ladi”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Ta’kidlanishicha, har bir viloyat hokimi IT parklarni qurishga mas’ul bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida Toshkentda O‘zbekistondagi ilk zamonaviy IT park ishga tushgan edi.