Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaNagrajdenie voyennix sportsmenov i trenerov ot imeni prezidenta Uzbekistana
Nagrajdenie voyennix sportsmenov i trenerov ot imeni prezidenta Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari 2019-yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi chempionat hamda musobaqalarda jami 800 ta medalni qo‘lga kiritgan.

TOShKENT, 29 dek — Sputnik. O‘zbekiston harbiy sportchilari mamlakat prezident nomidan taqdirlandi. Bu haqda Mudofaa vazirligi xabar qildi.

Sportchilar mamlakat sportini dunyoga tanitishda, erishilgan yuqori natijalari, Qurolli Kuchlar nufuzini oshirishga qo‘shgan munosib hissasi uchun taqdirlangan.  Tantanada Mudofaa vazirligi, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Milliy olimpiya qo‘mitasi rahbariyati ishtirok etdi.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaVoyennie sportsmeni na seremonii nagrajdeniya ot imeni prezidenta Uzbekistana
Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Voyennie sportsmeni na seremonii nagrajdeniya ot imeni prezidenta Uzbekistana

Leytenant harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Bektemir Meliqo‘ziyev, leytenant harbiy unvoni topshirilgan kontrakt bo‘yicha harbiy xizmatchi, oddiy askar Mirazizbek Mirzaxalilov, Yaponiyada o‘tkaziladigan Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etish uchun litsenziyani qo‘lga kiritgan Nikita Rafalovich va Adhamjon Ergashev, “Turkish open” hamda “Rossiya open” xalqaro turnirlarining g‘olibasi Nigora Tursunqulovalar taqdirlangan.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaSportsmeni Minoboroni Uzbekistana na seremonii vrucheniya nagrad ot prezidenta Uzbekistana
Harbiy sportchilar O‘zbekiston prezidenti nomidan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
Sportsmeni Minoboroni Uzbekistana na seremonii vrucheniya nagrad ot prezidenta Uzbekistana

Shuningdek, jiu-jitsu sport turi bo‘yicha Jahon chempionatida oltin medalni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston tarixida ilk jahon chempioni bo‘lgan mayor Anvar Muqimov taqdirlangan.

Mudofaa vazirligi sport klubi a’zolari 2019-yil davomida respublika va xalqaro miqyosdagi chempionat hamda musobaqalarda jami 800 ta medalni qo‘lga kiritgan, shundan 265 tasi xalqaro turnirlarda erishgan g‘alabalari natijasidir.

Xalqaro maydonda ham tan olingan sportchilar poytaxtdagi 102-maxsus maktab internat o‘quvchilariga o‘zlarining sovg‘alarini topshirdilar.

© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaVospitanniki shkoli-internata 102 na torjestvax v chest Novogo goda
Vospitanniki shkoli-internata 102 na torjestvax v chest Novogo goda - Sputnik O‘zbekiston
1/3
Vospitanniki shkoli-internata 102 na torjestvax v chest Novogo goda
© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaVoyenniy orkestr s muzikantami v kostumax Deda Moroza
Voyenniy orkestr s muzikantami v kostumax Deda Moroza - Sputnik O‘zbekiston
2/3
Voyenniy orkestr s muzikantami v kostumax Deda Moroza
© Press-slujba Minoboroni UzbekistanaSportsmeni Minoboroni Uzbekistana vruchayut podarki vospitannikam shkoli-internata 102
Sportsmeni Minoboroni Uzbekistana vruchayut podarki vospitannikam shkoli-internata 102 - Sputnik O‘zbekiston
3/3
Sportsmeni Minoboroni Uzbekistana vruchayut podarki vospitannikam shkoli-internata 102
1/3
Vospitanniki shkoli-internata 102 na torjestvax v chest Novogo goda
2/3
Voyenniy orkestr s muzikantami v kostumax Deda Moroza
3/3
Sportsmeni Minoboroni Uzbekistana vruchayut podarki vospitannikam shkoli-internata 102
Yangiliklar lentasi
0