O‘zbekistonda ko‘chki xavfi e’lon qilindi

© Sputnik / Yevgeniy YepanchinsevTri lavini soshli na doroge Narin — Kazarman
Tri lavini soshli na doroge Narin — Kazarman - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
29-30 dekabr kunlari A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 -100 metrgacha pasayishi kutilmoqda

TOShKENT, 28 dek - Sputnik. O‘zbekistonning tog‘li hududlarida 29-dekabr kunidan 2020-yilning 2-yanvar kuniga qadar ko‘chki xavfi e’lon qilindi.

Glavnaya yelka Uzbekistana vidna izdaleka - Sputnik O‘zbekiston
Yangi yilda qanday ob-havo kuzatilmoqda?

Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qilmoqda.

"Ehtiyot choralarini ko‘rishingizni hamda avariya va boshqa noxush holatlar vujudga kelganda, 1050 raqamiga murojaat etishingizni so‘raymiz", - deyiladi xabarda.

Shuningdek, 29-30 dekabr kunlari A-373 "Toshkent-O‘sh" avtomobil yo‘lining Qamchiq dovoni qismida vaqti-vaqti bilan qor yog‘ishi, tuman tushib, ko‘rinuvchanlik 50 -100 metrgacha pasayishi, shamol tezligi sekundiga 15-20 metrgacha kuchayishi, yo‘lda qor uyumlari, muzlamalar hosil bo‘lishi kutilmoqda.

FVV dovon hududida harakatlanishdan oldin xavfsizlik qoidalariga e’tibor qaratishni so‘rab qolgan.

Yangiliklar lentasi
0