TOShKENT, 27 dek — Sputnik. Qozog‘iston ichki ishlar vazirligi Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayangan holda aviahalokat oqibatida halok bo‘lganlar soni 12 nafarga yetganligi haqida ma’lumot bermoqda. Sputnik Qozog‘iston xabari asosida.
Oldinroq halok bo‘lganlar soni 14 nafarga yetganligi haqida xabarlar tarqalgan edi.
Aviahalokat qurbonlari ro‘yxati:
1. Nikolay Astanov
2. Rustam Kaydarov
3. Bauirjan Kaliyev
4. Bazarxan Karibayev
5. Marat Muratbayev
6. Abay Nurbekov
7. Arshat Isina
8. Saniya Amanjol
9. Dana Kruglova
10. Kairxan Tumatov
11. Valeriy Anufriyev
12. Imina Ospanova
IIV ma’lumotiga ko‘ra, samolyot bortida 93 nafar yo‘lovchi bo‘lgan (oldinroq bu raqam 95 deya ko‘rsatilgandi), ular orasida ikki nafari Ukraina, bir nafari Qirg‘iziston, bir nafari Xitoy fuqarolaridir. Chet ellik yo‘lovchilarning barchasi hayot.
Ayni vaqtda 49 nafar yo‘lovchi kasalxonaga yotqizilgan, ularning 18 nafari og‘ir ahvolda.
Bek Air aviakompaniyasining Fokker-100 samolyoti halokati 27-dekabr kuni ertalab yuz berdi. Olma-Otadan Nur-Sultonga yo‘l olgan layner osmonga ko‘tarila olmadi va beton to‘siqni buzib o‘tib, ikki qavatli binoga to‘qnashdi.
Qozog‘iston prezidenti Kasim-Jomart Tokayev halok bo‘lganlarning yaqinlariga ta’ziya izhor qildi va barcha aybdorlar jazolanishini bildirdi. Bosh vazir Askar Mamin boshchiligida hukumat komissiyasi tuzilgan.