Yangi yildan AI-95 rusumidagi import benzini sotuvga chiqariladi

© Sputnik / Igor Zarembo / Mediabankka o‘tishToplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii
Toplivorazdatochnaya kolonka na avtozapravochnoy stansii - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
O‘zbekistonga AI-95 rusumidagi benzini va Yevropa standartlariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini import qilish rejalashtirilmoqda.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. O‘zbekistonga AI-95 rusumidagi benzini va Yevropa standartlariga javob beradigan dizel yoqilg‘isini import qilish rejalashtirilmoqda. Bu haqda "O‘zbekneftgaz" AJ Matbuot xizmati ma’lum qildi.

Avtozapravochnaya stansiya v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda “UNG” brendi ostida neft va gaz mahsulotlari sotilmoqda

Aytilishicha, AI-95 rusumidagi import benzini hamda Yevropa standartlariga javob beradigan dizel yoqilg‘isi 2020-yilning yanvar oyi boshidan avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalarida sotila boshlanadi.

Shuningdek, avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari tarmog‘i orqali sotiladigan neft mahsulotlari turlarini ko‘paytirishga qaratilgan ishlar davom ettiriladi.

2020 yil davomida barcha avtomobilga yoqilg‘i quyish shoxobchalari rekonstruksiya qilinadi, tashqi ko‘rinishi o‘zgartiriladi.

Qolaversa, 2020-yilning sentabriga qadar Mo‘ynoq va Denov shaharlarida bugungi kun talablariga javob beradigan zamonaviy, ko‘p yoqilg‘ili shoxobchalarni qurish rejalashtirilgan. 

Bundan tashqari, har bir shoxobchada avtomashinalar yuqori sifatli yoqilg‘i bilan ta’minlanadi, elektr avtomobillariga xizmat ko‘rsatish uchun sharoitlar yaratiladi, mijozlarga qulaylik yaratish maqsadida minimarketlar quriladi.

Laboratoriya uchun maxsus avtomobil jihozlanib, joylardan namunalar olib aholiga sotiladigan neft mahsulotlari sifatini ushbu mashina tekshiradi.

Iste’molchilar uchun yana bir qulaylik yaratildi. Ya’ni endilikda ularning huquqlari buzilishining oldini olish maqsadida kunu-tun ishlaydigan "ishonch telefoni" (71-200-01-24)  tashkil etildi va barcha avtomobilga yonilg‘i quyish shoxobchalarida bu haqda e’lon ilib chiqildi.

Yangiliklar lentasi
0