Farg‘onada “Nexia” avtobus bilan to‘qnashdi - 4 kishi halok bo‘ldi

© Fotolia / Jan H. AndersenMertviy chelovek na asfalte
Mertviy chelovek na asfalte - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Farg‘onada 2 ta “Nexia” avtomashinasi hamda “Isuzu” avtobusining to‘qnashishi natijasida to‘rt kishi halok bo‘lganligi aytilmoqda.

TOShKENT, 27 dek – Sputnik. Farg‘onada 2 ta  “Nexia” avtomashinasi hamda “Isuzu” avtobusining to‘qnashishi natijasida to‘rt kishi halok bo‘lganligi aytilmoqda. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti axborot xizmati ma’lum qildi.

V DTP v Tashkente postradali 10 chelovek - Sputnik O‘zbekiston
Toshkentdagi yirik YTH oqibatida 10 kishi jarohat oldi

Qayd etilishicha, hodisa 2019-yilning 26-dekabr kuni soat taxminan 19:30 larda Farg‘onaning Oltiariq tumani hududida sodir bo‘lgan. “4P112 Farg‘ona-Qo‘qon” xalqa yo‘lining 241 km.da 2 ta “Nexia” rusumli avtomashinalari va “ISUZU” rusumli avtobusi to‘qnashib ketgan.

Dastlabki ma’lumotga ko‘ra, avtobus ichida haydovchi bilan birga jami 9 nafar shaxslar bo‘lganligi aytiladi.

Avtobus bilan to‘qnashgan “Nexia” rusumli avtomashina salonidagi 4 nafar yo‘lovchilar esa olgan tan jarohatlari oqibatida hodisa joyida vafot etgan.

Hozirda hodisa yuzasidan tergov surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Yangiliklar lentasi
0