O‘zbekistonda 11 mingga yaqin bolajonlarga prezident sovg‘asi topshiriladi

© Press-slujba MNO RUzV Uzbekistane okolo 11 tis. detey poluchat prezidentskie podarki
V Uzbekistane okolo 11 tis. detey poluchat prezidentskie podarki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qayd etilishicha, bu yil maxsus sovg‘alar qopchig‘i bilan 6 nomdagi o‘quv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq o‘yinchoq va shaxmatlar joy olgan.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Yangi yil bayrami munosabati bilan bu yil 11 mingga yaqin bolajonlarga prezident sovg‘asini taqdim etish rejalashtirilgan. Bu haqda O‘zbekiston Xalq ta’limi vazirligi axborot xizmati ma’lum qildi. 

Sovg‘alar har galgidek 29-dekabr kuni o‘tkaziladigan “Prezident archasi” tadbirida bolajonlarga joylardagi mahalliy hokimliklar va Respublikadan biriktirilgan vakillar ishtirokida tantanali ravishda topshiriladi.

Bokseram vruchili Podarok prezidenta - Sputnik O‘zbekiston
Bokschilarga prezident sovg‘alari topshirildi

Qayd etilishicha, bu yil maxsus sovg‘alar qopchig‘i bilan 6 nomdagi o‘quv qurollari, 20 nomdagi shirinliklar, yumshoq o‘yinchoq va shaxmatlar joy olgan.

26 dekabr kuni esa avtotransport orqali Toshkent shahriga 2334 dona, Toshkent viloyatiga 1260 dona, Sirdaryo viloyatiga 274 dona, Jizzax viloyatiga 346 dona, jami 4214 dona “Prezident sovg‘a”si topshiriladi. 

Bundan tashqari, 25-28 dekabr kunlari 6428 ta prezident sovg‘asi “Uzbekistan Airways” AJ samolyotlari orqali Qoraqalpog‘iston va qolgan to‘qqizta viloyatga yetkaziladi.

Yangiliklar lentasi
0