Sergey Lavrovning O‘zbekistonga tashrifi sanasi aniq bo‘ldi

© Sputnik / Vitaliy Belousov / Mediabankka o‘tishVizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu
Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Slovakiyu - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Xususan, Rossiya tashqi ishlar vaziri Toshkentdagi Rossiya TIV MGIMO filiali professor-o‘qituvchilari va talabalari bilan uchrashib, nutq so‘zlaydi.

TOShKENT, 26 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rahbari Sergey Lavrov 2020-yil 12-13 yanvar kunlari O‘zbekistonda rasmiy tashrif bilan bo‘ladi, deb xabar qildi RF TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova brifingda. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda.

Vizit glavi MID RF S. Lavrova v Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Lavrov: RF va O‘zbekistonning Afg‘oniston bo‘yicha pozitsiyalari juda o‘xshash

Diplomat so‘zlariga ko‘ra, Lavrovni mamlakat prezidenti Shavkat Mirziyoyev qabul qiladi, shuningdek, u o‘zbek hamkasbi Abdulaziz Kamilov bilan muzokaralar o‘tkazadi.

Bundan tashqari, Rossiya tashqi siyosiy mahkama rahbari 9-dekabr kuni ochilgan Toshkentdagi Rossiya TIV MGIMO filiali professor-o‘qituvchilar tarkibi va talabalari qarshisida chiqish qiladi.

Rejalashtirilgan aloqalar davomida ikkiyoqlama siyosiy, savdo-iqtisodiy va madaniy-gumanitar hamkorlikning barcha jabhalari ko‘rib chiqiladi.

"Rossiya prezidentining o‘tgan yil 18-oktabrda O‘zbekistonga amalga oshirgan davlat tashrifi davomida bo‘lgan kelishuvlarni amalga oshirish, shuningdek, 2020-yilda oliy va yuqori darajada bo‘lib o‘tadigan tadbirlarga tayyorgarlik masalalariga alohida e’tibor qaratiladi", - dedi Zaxarova.

Ikki mamlakat tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasida 2020-2021 yillarga hamkorlik dasturini imzolash rejalashtirilmoqda.

Zaxarovaga ko‘ra, "bunday hamkorlik Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasida mavjud o‘zaro ishonchga asoslangan munosabatlarning strategik sheriklik va ittifoqdoshlik darajasini aks ettiradi".

Yangiliklar lentasi
0