Saylovda nimalar bo‘ldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovIzbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane
Izbiratelnaya urna na parlamentskix viborax v Uzbekistane - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
MSK majlisdan so‘ng partiyalar va deputatlar ishtirokida o‘tkazilgan press-konferensiyada O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar saylov jarayonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Xalqaro press-klubning spikeri, yuksalish umummilliy harakati raisi Akmal Burxanovning ta’kidlashicha, saylovchilarning saylovga hujjatsiz kelishlari va saylovda ishtirok etishlari xalqaro kuzatuvchilar tomonidan qonun buzilishi sifatida baholangan. Bu haqda Sputnik O‘zbekiston muxbiri xabar qildi.

Saylov natijalari - Sputnik O‘zbekiston
Saylov natijalari: muhim o‘zgarishlar va takroriy ovoz berish

“Bu holat mentalitetimizdan kelib chiqqan holda ushbu qonun buzilishiga olib keldi. Lekin bu to‘g‘rilanadigan narsa. O‘ylaymanki, bu masalada biz targ‘ibotni kuchaytirishimiz kerakligi, fuqarolarga ularni saylovda kuzatuvchilar kuzatib turishi haqidagi tushunchalarni berishim kerak bo‘ladi”, - deb ta’kidladi Burxanov.  

Uning aytishicha, saylov jarayonlarida kameralarning qo‘llanilgani muhim ahamiyatga ega. Bu yangilini barcha hududlardagi saylov uchastkalarida qo‘llanilsa, saylov natijalarining tezroq e’lon qilinishi va ushbu hududda tartib bo‘lishiga yordam beradi.

Eldor Tulyakovning fikriga ko‘ra, saylov urnalari 3 ta bo‘lsa, ya’ni viloyat tuman va shaharda tashkil etilsa, bunda ham natijalarni tezroq sarhisob qilishga katta imkoniyat yaratadi. Shuningdek, yana bir yangilik, saylovchilarning elektron bazasi yaratilgan. Bundan keyin elektron ovoz berish, shunga o‘xshagan yangi texnologiyalar qo‘llanilsa ham qonun buzilish holatlari kamayadi, ikkinchidan jarayonning tezlashtirilishi va tezroq e’lon qilinishiga katta turtki bo‘ladi.

Bundan tashqari, MSKning partiyalar va deputatlar ishtirokida o‘tkazilgan press-konferensiyada O‘zbekistonga tashrif buyurgan xalqaro kuzatuvchilar ham ishtirok etishdi va saylov jarayonlari haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tishdi.

Hidoyat Ullah (pokistonlik senator)ning ta’kidlashicha, u Buxorodagi 4 ta saylov uchastkasida ishtirok etgan ammo kuzatuv jarayonlarida biron bir qonun buzilishi holatlarini payqamagan. Aksincha, saylovning shaffof tarzda o‘tganligiga guvoh bo‘lgan. Aniqsa, kuzatuvchi mehmon viloyat, tuman va shahar kesimida saylovlarning o‘tkazilganligi unga ma’qul bo‘lganligini ta’kidladi.

© SputnikNablyudatel iz Pakistana Xidayat Ullax
Saylovda nimalar bo‘ldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik O‘zbekiston
Nablyudatel iz Pakistana Xidayat Ullax

Sayid Halid Amir Jafferi (Pokiston, nafaqadagi general, Markaziy Osiyo strategiyasi tadqiqot ishlari bo‘yicha prezidenti) saylov jarayonida Toshkentda bo‘lib, 8 ga yaqin saylov uchastkalarida ishtirok etgan.

“Saylov jarayonlarida hech qanday qonun buzilishi holatlariga duch kelmadim va saylov jarayonlari yaxshi o‘tdi deb hisoblayman. Hozir sizlarni uchta saylovga alohida saylov qutilari yuzasidan bergan taklifingizni yoqlayman. Shuni aytib o‘tishim kerakki, hech qaysi saylov jarayoni mukammal tarzda amalga oshmaydi. Pokistondagi saylov jarayonlari bir oz boshqacha bo‘ladi. Aynan saylovdan keyingi mana shunday tanqidiy konferensiyalarning bo‘lib o‘tishi yaxshi. Men bu holatni boshqa davlatlarda uchratmadim. Aynan boshqa bir tajribalarini o‘zlashtirib olish to‘g‘ri yo‘l emas. Sizlar o‘z yo‘lingizni tanlab olganingiz juda yaxshi. Meni fikrimcha har bir davlat o‘zini saylov tizimizni o‘zi shakllantirishi kerak”, - deya fikr bildirdi xorijiy kuzatuvchi.

Irfan Shahzod Takavli (pokistonlik kuzatuvchi, mustaqil jurnalist va xavfsizlik sohasidagi ekspert)ga ko‘ra, u 21-dekabr kuni Farg‘onaga yetib borib, ikki kun davomida Farg‘ona, Marg‘ilon, Qo‘qon va Rishton shaharlaridagi 17 ta saylov uchastkalarida qatnashgan. Kuzatuvchi dunyoda hech bir saylov jarayoni yutuq va kamchiliklarsiz bo‘lmasligi, O‘zbekiston o‘z yo‘lidan ketgan holda yana bir pog‘ona balandga ko‘tarilganligini ta’kidladi.  

© SputnikNablyudatel iz Pakistana Irfan Shaxzad
Saylovda nimalar bo‘ldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik O‘zbekiston
Nablyudatel iz Pakistana Irfan Shaxzad

“Shu 17 ta saylov uchastkasida bo‘lgan bo‘lsam, biron bir saylov uchastkasida hech qanday qonun buzilish kuzatmadim. To‘g‘ri ayrim kamchiliklar bo‘lgan bo‘lishi mumkin, lekin buni u darajada qonun buzilishi deya baholab bo‘lmaydi. Ayniqsa, jurnalist va blogerlarning qatnashishi bu saylovning shaffofligi va har bir saylov qatnashchisi yoki mas’ul shaxslarini yanada mas’uliyatliroq ishlashiga olib keladi”, - dedi pokistonlik kuzatuvchi.

Mehmon saylov jarayonlarida kameralarning ishlatilishiga ham o‘zining ijobiy fikrda ekanligini bildirib o‘tdi.

Akmal Burxonov: siyosiy partiyalar yetarli darajada fuqarolarimizning ishonchiga kira olishmadi, saylov kompaniyasida ham. Bunga sabablar bor.

Vibori v parlament Uzbekistana - Sputnik O‘zbekiston
Saylangan deputatlar ro‘yxati e’lon qilindi

Ikkinchidan, siyosiy darajasini ham ko‘proq kuchini ajratishi kerakligi ko‘rinib qoldi va eng asosiysi aniq dasturlarni yetkazib bera olmadi. Ko‘p va’dalar. Ko‘p va’da berganlar ham partiyaning vakillari bo‘ldi. Men o‘ylaymanki, keyingi besh yillikda ularga oson bo‘lmaydi. Chunki juda ko‘p va’dalar berildi, tan olish kerak. Har bir siyosiy partiya ovoz olish uchun juda katta va’dalarni berdi. Kimdir o‘sha ko‘proq ovoz olish uchun ikki uch yil ichida qilib bo‘lmaydigan va’dalarni ham berdi. Endi oldimizda katta ishlar turibdi. Buning uchun siyosiy partiyalar o‘z tajribamdan kelib chiqib aytaman parlament bilan, mahalliy vakillik organidagi deputatlar bilan  partiyalar o‘rtasida muvofiqlik, hamkorlik tizimini yo‘lga qo‘yilmagan. Lekin mana shu saylov kompaniyasidan keyin siyosiy partiyalar ham deputatlar bilan aloqalarini qaytadan ko‘rib chiqishlari maqsadga muvofiq bo‘ladi. Chunki parlament a’zolari bilan bular tizimli hamkorlikni yo‘lga qo‘ymasalar bu berilgan va’dalarning afsuski 50 foizini ham amalga oshirolmaymiz.

Bolgariyalik kuzatuvchi Georgi Stoilov (parlament a’zosi) Toshkentda o‘tgan saylov jarayonida qatnashib shunga amin bo‘ldikki, saylov jarayonini elektron tarzda o‘tkazish, elektron saylash imkoniyati bor ekan. Saylov jarayonidagi natijani hisoblashda skaner amalga oshiradi, odamlar sanamaydi. O‘zbekistondagi saylovlarda ushbu tizimga o‘tilishi mumkinmi?, degan savol berdi.

© SputnikNablyudatel ot Bolgarii Stoilov Georgi
Saylovda nimalar bo‘ldi? Qonun buzilishlari, xorijlik kuzatuvchilar xulosasi va takliflar - Sputnik O‘zbekiston
Nablyudatel ot Bolgarii Stoilov Georgi

"Bu bo‘yicha fikrim, ushbu tizimga o‘tish  50 % ga 50 %, ya’ni buning salbiy tomonlari ham ijobiy tomonlari ham bor. Ko‘p davlatlarda elektron ovoz berish tizimlari yo‘lga qo‘yilib, keyingi saylovlarda ishlatilmadi. Sababi ijobiy samara bermadi. Yangi elektron ovoz berishda ham manupulyatsiya qilish holatlari ko‘proq imkoniyati bo‘ladi", - deb javob berdi Akmal Burxonov.

Eldor Tulyakov bu yilgi saylovlar o‘zgacha bo‘lgani, mitinglar bilan chiqib, aholining yaxshi kayfiyatda partiya nomzodlari bilan bevosita aloqaga kirishgani, saylovlarda elektron tizimdan juda yaxshi foydalanilganiga to‘xtaldi va piar tizimini yaxshilash kerakligini aytdi.

Yangiliklar lentasi
0