Noyob hodisa: O‘zbekistonda Quyosh tutilishi yuz berdi

© AP Photo / Esteban FelixLyudi nablyudayut za solnechnim zatmeniyem v Chili
Lyudi nablyudayut za solnechnim zatmeniyem v Chili - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2019 yil 26-dekabr kuni O‘zbekistonda halqali shakldagi Quyosh tutilishi yuz berdi. Shu munosabat bilan O‘zRFA Astronomiya instituti tomonidan yosh olimlar ishtirokidagi seminar tashkil etildi.

TOShKENT, 26 dek – Sputnik. 2019-yil 26-dekabr kuni O‘zbekistonda halqali shakldagi Quyosh tutilishi yuz berdi. Shu munosabat bilan O‘zRFA Astronomiya instituti tomonidan yosh olimlar ishtirokidagi seminar tashkil etildi. Bu haqda O‘zRFA axborot xizmati ma’lum qilmoqda.

Planeta Mars - Sputnik O‘zbekiston
AQSh nima uchun Oy va Marsga yetib bormayapti – NASA rahbarining javobi

Qayd etilishicha, Quyosh tutilishi soat 08:00 da boshlanib, 10:06 gacha davom etdi. Soat 9:00 lar atrofida maksimumga ega bo‘lib, Quyosh gardishining uchdan bir qismi to‘silgan.

Ushbu astronomik holat yuzasidan Mirzo Ulug‘bek tumani maktab-internati prezident maktabi o‘qituvchi va o‘quvchilari uchun yosh olimlar ishtirokida seminar tashkil etilgan.

Seminar davomida ushbu astronomik hodisa Mirzo Ulug‘bek maktab-internati binosiga o‘rnatilgan maxsus ekranli zamonaviy teleskop yordamida kuzatilgan. O‘zRFA Astronomiya instituti olimlari tomonidan esa Quyosh va Oy tutilishining asosiy qonunlari, ularning ilmiy-amaliy ahamiyati haqida ma’lumot berilgan.

Yangiliklar lentasi
0