TOShKENT, 26 dek – Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Sputnik Estoniya’ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha fleshmobga qo‘shildi.
“Sputnik Estoniya tashkiloti, balki ishga boradigan har bir xodimga qarshi olib borilayotgan harakatlar bu ta’qib, haqiqiy ta’qib, bu mumkin emas”, - dedi Zaxarova.
Uning so‘zlariga ko‘ra, xodimlar bayramga tayyorgarlik ko‘rish, o‘z ishini samarali bajarish o‘rniga, kelajagi haqida qayg‘urishi kerak. "Ular biror bir qonun, na qabul qiluvchi mamlakat qonunlarini, na kasb etikasi bilan bog‘liq bo‘lgan qonunlarni buzishmagan", - deb alohida ta’kidladi TIV vakili.
Bundan avval, “Rossiya segodnya” xalqaro axborot agentligi ijro direktori Kirill Vishinskiy Sputnik Estoniya'ni qo‘llab-quvvatlash maqsadida fleshmobga start bergandi.
# SputnikSila (Sputnik kuch) fleshmobining ramzi ingliz tilida "Got You Covered!" deb yozilgan sariq rangga bo‘yalgan tosh va sariq nimcha bo‘ldi ("Bizga ishon!"). Ushbu aksiyaga Davlat dumasining Xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi a’zosi Yevgeniy Primakov, jurnalist Armen Gasparan, Milliy qadriyatlarni himoya qilish jamg‘armasi rahbari va Rossiya jamoatchilik palatasining Axborot jamiyati, OAV kommunikatsiyalarni rivojlantirish bo‘yicha komissiyasi rahbari Aleksandr Malkevich ham qo‘shildi.
Eslatib o‘tamiz, Estoniya hukumati banklar xodimlar, kontragentlar hisob raqamlariga va soliq departamentiga tranzaksiyalarni ta’qiqladilar. Maxsus xizmatlar ijara beruvchiga bosim o‘tkazdilar, va u agentlik bilan shartnomani bekor qilishga majbur bo‘ldi.
Shu kunlarda Sputnik xodimlariga jinoiy ta’qib bilan tahdid qilishayotgani ma’lum bo‘ldi.