https://oz.sputniknews.uz/20191225/Er-osti-yllarda-va-bozor-yainida-masulot-sotish-tailanadi--ukumat-arori-13103991.html
Bozor yaqinida va yer osti yo‘llarida mahsulot sotish taqiqlanadi – hukumat qarori
Bozor yaqinida va yer osti yo‘llarida mahsulot sotish taqiqlanadi – hukumat qarori
Sputnik O‘zbekiston
Yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi. 25.12.2019, Sputnik O‘zbekiston
2019-12-25T15:16+0500
2019-12-25T15:16+0500
2019-12-25T16:47+0500
https://cdn1.img.sputniknews.uz/i/logo/logo-social.png
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
2019
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Yangiliklar
uz_UZ
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Sputnik O‘zbekiston
info@sputniknews-uz.com
+74956456601
MIA „Rossiya Segodnya“
Bozor yaqinida va yer osti yo‘llarida mahsulot sotish taqiqlanadi – hukumat qarori
15:16 25.12.2019 (yangilandi: 16:47 25.12.2019) Yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi.
TOShKENT, 25 dek – Sputnik. “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasi umumiy muhokamaga qo‘yildi.
Hujjat Davlat soliq qo‘mitasi tomonidan tayyorlangan.
Vazirlar Mahkamasining 2003-yil 13-fevraldagi 75-son qarori (15-modda) bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasida chakana savdo qoidalarida quyidagi mazmundagi 42 kichik band bilan to‘ldirish taklif etilgan:
“42. Tovarlar, mahsulotlarni (xizmatlarni) yer osti yo‘llarida, ko‘priklarda, avtomobil yo‘llarining qatnov qismlarida, avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida cotish taqiqlanadi”;
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2012-yil 28-avgustdagi 253-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi bozorlarida savdo faoliyatini tashkil etish qoidalari (61-modda)ning 13-bandini quyidagi mazmundagi uchinchi xatboshi bilan to‘ldirilsin:
“tovarlar (mahsulotlar) va xizmatlarni bozorga kirish va chiqish yo‘laklarida, bozor hududidagi avtotransport vositalarini vaqtincha saqlash joylarida sotish taqiqlanadi”.