Qrimda YeIning Qrim ko‘prigi bo‘yicha e’tirozlariga javob berishdi

© Sputnik / Andrey Krilov / Mediabankka o‘tishUkraina zaderjala rossiyskiy tanker
Ukraina zaderjala rossiyskiy tanker - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov so‘zlariga ko‘ra, YeI o‘z pozitsiyasi sifatida ikkiyoqlama standartlarni namoyon qilmoqda.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Yevropa Ittifoqi Kerch bo‘g‘ozi orqali ko‘prik qurilishi atrofida siyosiy o‘yinga barham berib, ikki tomonlama standart siyosatidan yiroqlashishi lozim, deb bayonot qildi Qrim parlamenti vitse-spikeri Vladimir Bobkov.

Vladimir Putin dal start jeleznodorojnomu dvijeniyu po Krimskomu mostu - Sputnik O‘zbekiston
Vladimir Putin Qrim ko‘prigi bo‘ylab temir yo‘l harakatini ochib berdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin dushanba kuni Qrim ko‘prigi bo‘ylab yo‘lovchi tashish temir yo‘l harakatini rasman ochib berdi. Shu bilan birga yuk temir yo‘l aloqasi 2020-yilning 1-iyulidan yo‘lga qo‘yish rejalashtirilgan. Shundan so‘ng YeI tashqi aloqalar bo‘yicha yevropa xizmatining rasmiy saytida temir yo‘l harakati ochilishi "Rossiya tomonidan Ukraina suvereniteti va territorial yaxlitligining yana bir buzilishi" ekanligi aytilgan bayonot paydo bo‘ldi.

"Allaqanday ball va bonuslar olish maqsadida, Qrim ko‘prigi atrofida siyosiy va diplomatik o‘yin olib borishni to‘xtatish kerak. Kerch bo‘g‘ozi ustidan ko‘prik qurilishi - bu tarixiy voqelik, va buni tan olmoq joiz. Rossiya yana bir infratuzilmaviy g‘alabani amalga oshirdi", - dedi RIA Novostiga Bobkov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, YeI o‘z pozitsiyasi sifatida ikkiyoqlama standartlarni namoyon qilmoqda.

"Shunday misollar borki, yevropaliklar bu singari infratuzilmaviy muvaffaqiyatlarga quvonishardi (Daniya va Shvetsiya o‘rtasidagi Eresun ko‘prigi), bugun esa ular negadir afsus bildirishmoqda. Bularning barchasi ikkiyoqlama standartlar siyosatidir. Ko‘prik qurilishi singari yutuqli ishni "minus" belgisi bilan baholash juda qiyin, shu bois, YeIning bayonoti yovuz niyat bilan bildirilgan", - deb ta’kidladi", - deya qayd etdi regional parlament vitse-spikeri.

Yangiliklar lentasi
0