Joriy yil 11 oyida eng ko‘p YTH sodir bo‘lgan hududlar ma’lum qilindi

© GUVD g. TashkentaDTP v Tashkente
DTP v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
2018 yilda respublika bo‘yicha umumiy 8077 ta YTH holatlari sodir bo‘lgan. Natijada 2066 kishi vafot etgan, 7564 kishi jarohat olgan.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Joriy yilning o‘tgan 11 oyi davomida 2018-yilning shu davriga nisbatan respublika bo‘yicha sodir etilgan yo‘l-transport hodisalari 11,9 foizga, ya’ni 8077 tadan 7115 taga kamaygan. Bu haqda AOKA agentligida Davlat yo‘l harakati xavfsizligi xizmatidagi islohotlar yuzasidan o‘tkazilgan matbuot anjumanida aytib o‘tildi.

Aktrisa Gavhar Sharipova - Sputnik O‘zbekiston
Gavhar Sharipovaning vafotiga sabab bo‘lgan YTH tafsilotlari ma’lum bo‘ldi

Ma’lum qilishinishicha, 2018-yilda Respublika bo‘yicha umumiy 8077 ta YTH holatlari sodir bo‘lgan. Natijada 2066 kishi vafot etgan, 7564 kishi jarohat olgan. 

2019 yilning o‘tgan 11 oyida sodir bo‘lgan YTHlari 7115 taga kamaygan bo‘lib, natijada 1826 tasi halok bo‘lganlik, 6531 ta jarohat olganlik holati qayd etilgan. 

Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi axborot xizmati axborot xizmatining matbuot anjumanidan tashqari ma’lum qilishicha, 2019-yilda eng ko‘p YTHlar kuzatilgan hududlar  Toshkent shahri, Farg‘ona viloyati hamda Toshkent viloyatiga to‘g‘ri keladi.

Birgina Toshkent shahrining o‘zida joriy yilning 11 oyi davomida 1005 ta YTH kuzatilgan. Ushbu ko‘rsatkich Farg‘ona viloyatida 895 ta, Toshkent viloyatida esa 824 tani tashkil etgan.

Sodir bo‘lgan YTHlar natijasida halok bo‘lganlar soni joriy yilning 11 oyi mobaynida Toshkent viloyatida 256 tani tashkil etgan. Shundan 236 kishi Samarqand viloyati, 203 inson  Farg‘ona viloyatida sodir bo‘lgan YTH oqibatida halok bo‘lgan. 

Jarohat olganlar soni esa Toshkent shahrida 1172 nafar, Farg‘ona viloyatida 767,  Toshkent viloyatida esa 699 kishini tashkil etgan.

Yangiliklar lentasi
0