Senat raisi Sog‘liqni saqlash vazirini tanqid qildi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovTanzila Narbayeva
Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Senat raisi majlisga kelmagan, bu masalaga sovuqqon munosabatda bo‘layotgan Sog‘liqni saqlash vazirini tanqid qildi.

TOShKENT, 24 dek – Sputnik. Bugun 24-dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining kengaytirilgan majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda senat raisi Tanzilla Narbayeva Respublika sog‘liqni saqlash vaziri tanqid qildi.  

Predsedatel Senata Oliy Majlisa Respubliki Uzbekistan Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Senat yig‘ilishida jurnalistlar haqida alohida to‘xtaldi

Senati raisi Tanzila Narbayeva boshchiligida olib borilgan majlisda ta’kidlanishicha, o‘rganilganda holatlarga ko‘ra, aholi o‘rtasida zaharlanish holatlari 2017-2019 yillar davomida 154 ta holatni tashkil etgan.

Ushbu ko‘rsatkich 1700 nafar fuqaro, 665 nafar bolalarning jabr ko‘rishiga to‘g‘ri kelgan. 15 kishi zaxarlanishdan vafot etgan. Bu kabi holatlar asosan umumiy ovqatlanish korxonalarida, maktabgacha va umumiy o‘rta ta’lim muassasalarida qayd etilgan.

Bunga sabab sifatida esa aksar hollarda to‘yxona, oshxona hamda umumiy ovqatlanish korxonalarining sanitariya talablari loyihalari asosida qurilmaganligi, oziq-ovqat mahsulotlarini lozim darajada saqlash uchun sharoitlarning yo‘qligi, maktabgacha ta’lim muassasalari oshxonalarining jihozlanishining talabga javob bermasligi aytib o‘tildi.

Senat raisi shuningdek, ushbu majlisga kelmagan, bu masalaga sovuqqon munosabatda bo‘layotgan Sog‘liqni saqlash vazirini tanqid qildi:

Predsedatel Komiteta jenshin Uzbekistana Tanzila Narbayeva - Sputnik O‘zbekiston
Tanzila Narbayeva Sankt-Peterburgga tashrif buyuradi

"Biz bugun juda dolzarb, kompleks yondashishimiz zarur bo‘lgan masala muhokamasida turibmiz. Ovqatdan zaharlanish, ommaviy zaharlanish holatlari tobora ko‘payib bormoqda. Ayniqsa, ertamiz egalari bundan ko‘p aziyat chekmoqda,- deya ta’kidlaydi Senat raisi.

Senat raisi Sog‘liqni saqlash tizimida sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish masalasiga to‘xtaldi.

“Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra sog‘lom ovqatlanishning 12 ta prinsipi mavjud. Bizning mutaxassislarimiz, aynan ta’lim muassasalaridagi tibbiyot xodimlari, oshpazlarning aksariyati afsuski bu borada umuman tushunchaga ega emas. Sog‘liqni saqlash tizimida ham sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qilish, aholiga tushuntirish, bu kabi salbiy holatlarning oldini olish bo‘yicha ishlar umuman qoniqarsiz. Shunga qaramay bugungi majlisga na sog‘liqni saqlash vaziri keldi, na vazir o‘rinbosari. Odamlar, bolalar zaharlanaversin, bularga farqi yo‘q. Manfaatdor idoraning ushbu masalaga munosabati shumi?!”-deb ta’kidladi Narbayeva.

Yangiliklar lentasi
0