Bayram munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovPrednovogodnee oformlenie ulisi Istiklol v Tashkente
Prednovogodnee oformlenie ulisi Istiklol v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Yangi yil bayramini tashkil etish munosabati bilan 2019-yil 23-dekabridan 2020-yil 10-yanvarigacha Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopiladi.

TOShKENT, 24 dek — Sputnik. Yangi yil bayramini tashkil etish munosabati bilan 2019-yil 23-dekabridan 2020-yil 10-yanvarigacha Toshkent shahridagi ayrim ko‘chalar yopiladi. Bu haqda Toshkent shahar hokimligi matbuot xizmati ma’lum qildi.  

Xabarda nazarda tutilgan ko‘chalar quyidagilar ekanligi aytilgan:

Buyuk Turon ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Mustaqillik shoh ko‘chasining Alisher Navoiy shoh ko‘chasidan Matbuotchilar ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Istiqlol ko‘chasining Amir Temur shoh ko‘chasidan Buyuk Turon ko‘chasigacha bo‘lgan qismi;

Zarafshon ko‘chasining Mustaqillik shoh ko‘chasidan Istiqlol ko‘chasigacha bo‘lgan qismi.

© Xokimiyat TashkentaBayram munosabati bilan yopiladigan ko‘chalar.
Bayram munosabati bilan Toshkentdagi ayrim ko‘chalar qisman yopiladi  - Sputnik O‘zbekiston
Bayram munosabati bilan yopiladigan ko‘chalar.
Yangiliklar lentasi
0