MSK raisi saylovdagi kamchiliklar haqida

Obuna bo‘lish
Markaziy saylov komissiyasi raisi Mirzo-Ulug‘bek Abdusalomov saylov jarayonida yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar haqida to‘xtalib o‘tdi.

Abdusalomov ta’kidlashicha, ba’zi saylov uchastkalarida “oilaviy ovoz berish” holatlari aniqlangan. Saylov bulletenlariga saylovchilar tomonidan qo‘yilgan imzolarning o‘xshashligi, ovoz berish kuni elektr energiyasidagi uzilishlar sababli Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati tizimidani foydalanishning imkoni cheklangani kabi kamchiliklar kuzatilgan.

Hozirgi vaqtda Markaziy saylov komissiyasi okrug saylov komissiyalari tomonidan taqdim etilgan bayonnomalar hamda boshqa hujjatlarni ko‘rib chiqmoqda. 

Saylov kodeksiga muvofiq, zarur hollarda – alohida uchastka saylov komissiyalarining materiallari Markaziy saylov komissiyasi tomonidan yana bir bor sinchiklab ko‘rib chiqiladi. Faqat shundan so‘ng Markaziy saylov komissiyasi saylov yakunlari to‘g‘risida qaror qabul qiladi.

Saylovni jarayoni 140 ming mahalliy kuzatuvchilar va 800 dan ortiq xalqaro, shuningdek, 9 ta tashkilot, shu jumladan MDH, ShHT va YeXHT kuzatuvchilari kuzatib bordi. Kuzatuvchilar ovoz berishga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rilganini qayd etdilar. 

MSK raisi bayonoti haqida lavhani Sputnik videosida tomosha qilishingiz mumkin.

Yangiliklar lentasi
0