Putin sho‘ng‘ishi oldidan Fin ko‘rfazi tubida mina maydoni topilgan

© Sputnik / Sergey Guneyev / Mediabankka o‘tishPrezident RF V. Putin posetil ostrov Gogland
Prezident RF V. Putin posetil ostrov Gogland - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Rossiya prezidenti Vladimir Putin batiskafda sho‘ng‘igan joyda Ikkinchi jahon urushidan qolgan nemis mina maydoni topilgan.

TOShKENT, 23 dek — Sputnik. Rossiya prezidenti Vladimir Putin Fin ko‘rfazida sho‘ng‘igan joyda nemis mina maydoni topilgan. Bu haqda Boltiq floti qo‘mondoni admiral Aleksandr Nosatov “Krasnaya zvezda” gazetasiga bergan intervyusida hikoya qilib berdi.

Prezident Rossii Vladimir Putin - Sputnik O‘zbekiston
Putin yoshligida kim bo‘lishni orzu qilganini aytdi

Nosatov Gogland orolini tozalash ishlarini alohida ta’kidlab o‘tgan.

“Orolning o‘zida saporlar urush yillaridan beri bo‘lgan yigirmata o‘q-dorilarni aniqlab zararsizlantirishdi.  Dengiz tubida esa “Aleksandr Obuxov” mina tozalaydigan ekipaji nemis langar minasidan iborat butun boshli maydonni aniqlashdi va ular robotlashtirilgan suv osti texnikasi yordamida joyida yo‘q qilindi”, - dedi admiral.

Eslatib o‘tamiz, iyul oyida Rossiya prezidenti Vladimir Putin urush davrida Fin ko‘rfazida cho‘kib ketgan “Sh-308” suvosti qayig‘i halokat joyiga batiskafda sho‘ng‘igan edi.

Yangiliklar lentasi
0