TOShKENT, 22 dek – Sputnik. O‘zbekistonda soat 20.00da parlament saylovida ovoz berish jarayoni yakunlandi, deb xabar qildi MSK matbuot xizmati.
Markaziy saylov komissiyasi Raisi o‘rinbosari Maxmud Istamov mahalliy vaqt soat 18.00 ga qadar ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini e’lon qilgandi. O‘zbekiston hududidagi 18 797 810 nafar saylovchilardan 12 922 429 nafari yoki 68,7 foizi ovoz berdi.
Saylovlar yangi Saylov kodeksiga binoan o‘tkazildi. Unda ilk bor beshta siyosiy partiya ishtirok etdi: O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi, O‘zbekiston liberal-demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi, O‘zbekiston “Adolat” sotsial-demokratik partiyasi hamda O‘zbekiston Ekologik partiyasi.