MSK: soat 11-00 ga qadar 24,3 foiz saylovchilar ovoz berdi

Parlamentskie vibori v Uzbekistane. Izbiratelniy uchastok №817 v Tashkente
Parlamentskie vibori v Uzbekistane. Izbiratelniy uchastok №817 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Respublika markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlarida ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini e’lon qildi.

TOShKENT, 22 dek – Sputnik. Respublika markaziy saylov komissiyasi parlament saylovlarida ishtirok etgan saylovchilarning dastlabki raqamlarini e’lon qildi.

Parlamentskie vibori v Uzbekistane. Izbiratelniy uchastok №817 v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
O‘zbekistonda parlament saylovlari boshlandi

18,7 milliondan ortiq saylovchilardan 4,5 milliondan ortiq fuqarolar ovoz berdi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy viloyati, shuningdek Sirdaryo viloyatidagi eng faol saylovchilar (27 foizdan ko‘p) qatnashmoqda. Ayni paytda poytaxtda eng past ko‘rsatkich atigi 11 foiz saylovchilar ovoz berdi.

O‘zbekistonda parlament saylovlari boshlandi. Soat 08:00da O‘zbekistonning barcha hududlarida saylov uchastkalari ochildi. Ularning faoliyati soat 20:00ga qadar davom etadi.

Saylovda 20,5 milliondan ortiq saylovchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlar uchun ovoz berishi mumkin.

Saylovchilarning yagona elektron ro‘yxati ma’lumotlariga ko‘ra, saylovchilarning 10 million 147 ming 772 nafari erkak, 10 million 355 ming 690 nafari ayol; 2 million nafar ilk bor saylovda qatnashib, ovoz berish huquqidan birinchi marta foydalanishi kutilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0