MB so‘m denominatsiya qilinishi haqidagi xabarni rad etdi

© Baxodir MamadjanovSentralniy bank Respubliki Uzbekistan
Sentralniy bank Respubliki Uzbekistan - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ijtimoiy tarmoqlarda so‘m denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqaldi. Markaziy bank ushbu xabarlarni rad etdi.

TOShKENT, 22 dek - Sputnik. O‘zbekiston Markaziy banki pul birligining denominatsiya qilinishi to‘g‘risidagi xabarlar hech qanday asosga ega emasligini ma’lum qildi.

“Ushbu xabarlar hech qanday asosga ega emas. Bugungi kunda pul birligini denominatsiya qilish masalasi O‘zbekiston Respublikasi Hukumati va Markaziy banki tomonidan ko‘zda tutilmagan”, - deyiladi xabarda.

Avvalroq ijtimoiy tarmoqlarda so‘m denominatsiya qilinishi haqida xabarlar tarqalib, keng muhokama qilinayotgan edi.

O‘zbekistonda denominatsiya o‘tkaziladimi?

Eslatib o‘tamiz, avgust oyida Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmurotov O‘zbekistonda milliy valyutaning denominatsiyasini o‘tkazish vazifasi qo‘yilmaganini ma’lum qilgan edi. Uning so‘zlarniga ko‘ra, bu jarayon katta iqtisodiy xarajatdir.

Yangiliklar lentasi
0