TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Qirg‘iziston prezidentining TU-154M (bort №1) samolyoti texnik muammolar tufayli Sankt-Peterburg shahridan uchib keta olmadi. Bu haqda Sputnik Qirg‘iziston xabar qildi.
Xabarda qayd etilishicha, samolyot dvigatellaridan biri ishga tushmagan. Shuning uchun delegatsiyaning bir qismi va prezident tunda yo‘lovchi samolyot bilan Moskvaga uchgan, keyin u yerdan Bishkekka uchib ketgan.
Hozirda samolyot tuzatilgan va delegatsiyaning qolgan qismi unda Qirg‘izistonga uchadi.
20 dekabr kuni Sooronbay Jeenbekov Sankt-Peterburgda Oliy Yevrosiyo iqtisodiy kengashining navbatdagi yig‘ilishida, so‘ngra MDH mamlakatlari rahbarlarining norasmiy sammitida ishtirok etdi.
Qirg‘iziston prezidenti Tu-154Mda uchadi. U 1993-yilda ishlab chiqarilgan.