TOShKENT, 21 dek — Sputnik. Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning “Shimoliy oqim-2” gaz quvurlariga qarshi sanksiyalariga munosabat bildirdi.
Zaxarova AQSh 22 trillion dollar davlat qarziga ega bo‘la turib, boshqa mamlakatlarga iqtisodiyotini rivojlantirishni taqiqlashga urinayotgani qayd etgan.
“22 trillion dollar davlat qarziga ega davlat qarzini to‘lashga qodir mamlakatlarga o‘z iqtisodiyotining real sektorini rivojlantirishni taqiqlamoqda!”, - deya yozgan u Facebook᾽dagi sahifasida.
Zaxarovaning ta’kidiga ko‘ra, AQSh jahon maydonida raqobatga bardosh berishga qodir emas.
Shuningdek, u tez orada nafas olishni to‘xtatishni talab qilishlarini kinoya qilgan.
“Ko‘pchilik bajaradi axir”, - deya xulosa qilgan Rossiya TIV rasmiy vakili.
Kuni kecha AQSh prezidenti Donald Tramp 2020-yil uchun mudofaa budjeti qonuniga imzo chekdi. Loyihaga Rossiyaning “Shimoliy oqim-2” gaz quvuriga qarshi sanksiyalari ham kiritilgan.