Volgogradda ichida 57 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus yuk mashinasiga borib urildi

© GU MVD Rossii po Volgogradskoy oblastiAvtobus s grajdanami Uzbekistana stolknulsya s KamAZom pod Volgogradom
Avtobus s grajdanami Uzbekistana stolknulsya s KamAZom pod Volgogradom - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
YTH shanba kuni Volgograd viloyati Chernishkovskiy tumanida ro‘y bergan. O‘zbekiston fuqarolari avtobusda Saratov viloyatidagi o‘tkazish punktiga ketayotgan bo‘lgan.

TOShKENT, 21 dek - Sputnik. Ichida 57 nafar O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan buyurtma avtobusi Volgograd viloyatidagi trassada KamAZ yuk mashinasi bilan to‘qnashdi, besh kishi jabrlandi. Bu haqda RIA Novostiga mintaqa bo‘yicha IIV BB vakili Anton Kornauxov ma’lum qildi.

Mashina posle DTP. Illyustrativnoe foto - Sputnik O‘zbekiston
Saratovdagi YTH oqibatida o‘zbekistonlik ayol hayotdan ko‘z yumdi

Xabarda yozilishicha, YTH 21-dekabr, shanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 9:20larda Volgograd viloyati Chernishkovskiy tumanida ro‘y bergan. O‘zbekiston fuqarolari avtobusda Saratov viloyatidagi o‘tkazish punktiga ketayotgan bo‘lgan.

“A-260 avtomobil yo‘lida buyurtma avtobusi haydovchisi ikkinchi darajali yo‘ldan chiqayotib, ustunlikni bermagan va asosiy yo‘l bo‘ylab harakatlanayotgan “KamAZ” avtomobili bilan to‘qnashgan. So‘ngra avtobus yo‘l chetidagi ariqqa tushib ketgan... YTH oqibatida 5 kishi tibbiy yordam so‘rab murojaat qildi, ular Chernishkovskiy markaziy tuman kasalxonasiga yetkazilgan”, - deya ma’lum qilgan Kornauxov.

Hozirda voqea joyida tergovchilar va favqulodda xizmat xodimlari ish olib bormoqda va avtobus yo‘lovchilarini mahalliy maktablardan biriga vaqtincha joylashtirish masalasi hal qilinmoqda.

Yangiliklar lentasi
0