TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. “UzAuto Motors” kompaniyasining Xorazm filiali ikki yuz minginchi “Damas” atvomobilini ishlab chiqardi. Bu haqda “Avtosanoat” axborot xizmati maʼlum qilmoqda.
Bugungi kunda ushbu korxonada “Damas” va “Labo” avtomobillari ishlab chiqarilmoqda.
“UzAuto Motors”ning Xorazm filialidan 200 minginchi boʻlib chiqarilgan Yubiley model bu — “Damas” avtomobili boʻldi.
“UzAuto Motors” Xorazm avtomobil zavodiga 2013 yil asos solingan. 2014 yil 6 yanvarda zavodda ilk bor “Damas” avtomobili ishlab chiqarilgan.