TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Oʻzgidromet 21-24 dekabr kunlari kutilayotgan ob-havo haqida maʼlumot berdi.
21 dekabr kuni Toshkent shahri, Toshkent, Samarqand, Jizzax va Sirdaryo viloyatlarida yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi kutilmoqda. 22 dekabr kuni tuman va yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatilishi mumkin, 23-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Havo harorati 21 dekabr kuni kechasi 0…+5, 22-24 dekabr kunlari 0…-5 daraja boʻladi. 21-22 dekabr kunlari kunduzi esa 0…+5, 23 dekabrda +2…+7 va 24 dekabr kuni +5…+10 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston, Xorazm viloyatida havo oʻzgarib turadi. 21 dekabr kuni ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatilishi mumkin. 22-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 21 dekabr kuni kechasi 0…-5, 22-23 dekabr kunlari -3…-8, 24 dekabr kuni -1…-6 daraja boʻladi. 21 va 23 dekabr kunlari kunduzi 0…+5, 22 dekabr kuni -2…+3 va 24 dekabr kuni +2…+7 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. 21 dekabr kuni yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin, 22-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 21 dekabr kuni kechasi 0…+5, 22-24 dekabr kunlari 0…-5 daraja boʻladi. 21-22 dekabr kunlari kunduzi 0…+5, 23 dekabr kuni +2…+7, 24 dekabr kuni esa +5…+10 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. 21 dekabr kuni yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. 22-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 21 dekabr kuni kechasi +2…+7, 22-23 dekabr kunlari 2…+3, 24 dekabr kuni 0…+5 daraja boʻladi. 21-22 dekabr kunlari kunduzi +5…+10, 23 dekabr kuni +7…+12 va 24 dekabr kuni +9…+14 daraja boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlarida havo oʻzgarib turadi. 21 dekabr kuni yomgʻir yogʻib, qorga aylanishi mumkin. 22 dekabr kuni ayrim joylarda yogʻingarchilik (yomgʻir, qor) kuzatilishi mumkin, 23-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik boʻlmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 21-22 dekabr kunlari kechasi 0…+5, 23 dekabr kuni -2…+3, 24 dekabr kuni esa 0…-5 daraja boʻladi. 21-22 dekabr kunlari kunduzi +3…+8 hamda 23-24 dekabr kunlari 0…+5 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlarida havo oʻzgarib turadi. 21-22 dekabr kunlari ayrim joylarda yogʻingarchilik boʻladi, 23-24 dekabr kunlari yogʻingarchilik kuzatilmaydi. Ayrim joylarga tuman tushishi mumkin. Havo harorati 21-22 dekabr kunlari kechasi -2…-7, 23-24 dekabrda -5…-10 va kunduzi 0…-5 daraja boʻladi.