TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Virginiya shtati universitetining bitiruvchisi Kamilla Shrayer “Miss Amerika” goʻzallik tanlovi gʻolibasi boʻldi.
Shrayer biokimyo va biologiya tizimini oʻrganish dasturi boʻyicha tahsil olgan. Kelgusida u farmatsevtika sohasida ilmiy daraja olishni rejalashtirmoqda. Shrayerga oliygohda olgan bilimlari tanlovda gʻoliblikni qoʻlga kiritishga yordam berdi.
U isteʼdod tanlov bosqichida - vodorod peroksid moddasi kimyoviy reaktsiyasini namoyish qildi.
Yeah, Science is cool and so is @MissAmericaVA Camille Schrier, of Newtown, Bucks County, whose talent on @MissAmerica was a #Science experiment #stem @CourierTimes #smartisbeautiful pic.twitter.com/BFKOGS2B4x
— Danielle Camilli (@BCTdanielle) 20 dekabrya 2019 g.
Konnektikut shtatida oʻtkazilgan tanlovi gʻolibiga 50 ming dollar mukofot berildi.
