TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Bugun, 20 dekabr kuni Afgʻonistonda sodir boʻlgan zilzila Oʻzbekistonning barcha hududlarida sezildi.
FVV matbuot xizmatining xabar berishicha, yer qimirlashi Toshkent shahridan 524 kilometr janubda, soat 16:39da yuz bergan.
Zilzila magnitudasi 6,5, chuqurligi 202 kilometrni tashkil etgan.
Yer osti silkinishlari kuchi Surxondaryoda 4 ball, Toshkent, Namangan, Andijon, Fargʻona, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo va Navoiyda 3 ball, Xorazm va Qoraqalpogʻistonda 2 ballni tashkil etgan.