TOSHKENT, 20 dek – Sputnik. Ayova shtatida istiqomat qiluvchi Adolfo Martines mahalliy cherkovning LGBT bayrogʻini yoqib yuborgani uchun 16 yil ozodlikdan mahrum etildi.
Bu haqda RIA Novosti Des Moines Register gazetasiga asosan xabar qildi.
Oʻtgan oyda 30 yoshli Martinez nafrat, haqorat qilish va olovdan ehtiyotsizlik foydalanishda ayblangan edi.
Iyun oyida erkak Xrist Ayms cherkovi oldida osilgan LGBT plakatini oʻgʻirlagan va uni yoqib yuborgan. Sodir etgan qilmishi haqida politsiyaga iqror boʻlgan.