Yunusobod metrosi fojiasi: hozir nimalar ro‘y bermoqda?

© Sputnik / Ramiz BaxtiyarovAvtobusi GUVD g. Tashkenta na meste obrusheniya stroyasheysya vetki metro
Avtobusi GUVD g. Tashkenta na meste obrusheniya stroyasheysya vetki metro - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Hukumat komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilishi vaqtida halok bo‘lgan olti nafar ishchining har biri oilasiga 100 mln so‘mdan konpensatsiya puli to‘lanadi.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. Yunusobod metrosi qurilishida halok bo‘lgan har bir ishchining oilasiga  konpensatsiya to‘lovining ajratilishi va’da qilinmoqda. Bu haqda "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Situatsiya na meste obrusheniya stroyasheysya vetki Tashkentskogo metropolitena - Sputnik O‘zbekiston
Yunusoboddagi avariya qurbonlari soni oshdi - ro‘yxat

Qayd etilishicha, Hukumat komissiyasi topshirig‘iga muvofiq, Yunusoboddagi metro qurilishi vaqtida halok bo‘lgan olti nafar ishchining har biri oilasiga 100 mln so‘mdan konpensatsiya puli to‘lanadi.

“Inson hayoti bahosizdir va hech qanday konpensatsiya to‘lovi halok bo‘lgan ishchilarning yaqinlari boshidan kechirayotgan yo‘qotish o‘rnini to‘ldira olmaydi. Biz fojiali halok bo‘lganlar oilasiga munosib yashash sharoitini ta’minlab berishga harakat qilamiz”,-deyiladi "O‘zbekiston temir yo‘llari" kompaniyasi xabarida.

Bosh prokuratura nima deydi?

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, yangi metro qurilishi bilan bog‘liq yuz bergan hodisa yuzasidan JKning 257 (Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzish) va 258 (Tog‘-kon, qurilish yoki portlatish ishlari xavfsizligi qoidalarini buzish) moddalari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Ayni damda ushbu moddalar asosida tergov harakatlari olib borilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0