AOKA tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston media-olamida nimalar o‘zgardi?

Obuna bo‘lish
AOKA tashkil etilganidan buyon O‘zbekiston media-olamida nimalar o‘zgardi? AOKA faoliyati jurnalist va blogerlar nigohida.

TOShKENT, 19 dek – Sputnik. AOKA "Agentligimiz faoliyati jurnalist va blogerlar nigohida" deb nomlangan videorolikni tayyorladi.

Unda respublikada faoliyat yurituvchi jurnalistlar va blogerlar O‘zbekiston media-olamidagi o‘zgarishlar haqida o‘z fikrlarini aytishgan.  

"Axborot va ommaviy kommunikatsiya agentligi davlat organlari ochiqligini ta’minlash borasida salmoqli ishlarni amalga oshirdi", – Sputnik, Dilshoda Rahmatova.

"Zamonaviy fikrlar, zamonaviy qarash bilan va OAVlarini zamonaviy tendensiyalari hisobga olgan holda faoliyat yuritishmoqda", – Xushnud Xudoyberdiyev, bloger.

"Agentlik barcha jurnalistlar va brogerlarni o‘z himoyasiga oldi", - Daryo.uz.

"Bir narsa alohida aytishim kerak, matbuot anjumaniga tanlab odam aytish tajribasi yo‘qola boshladi",  – Qalampir.uz.

"Bizga u yoki bu material materialni olib tashlash yuzasidan qo‘ng‘iroqlar, xatlar kelishi to‘xtadi - bu ko‘p narsani anglatadi", - Podrobno.uz.

"Jurnalistlarni yuki 60-70 foizga yengillashdi", – Xabar.uz.

"Nihoyat O‘zbekistonda ham internet nashrlari jurnalistlari davlat mukofotlarini ola boshladi", – Kobil Xidirov, bloger.

Yangiliklar lentasi
0