TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Olmazor saylov okrugidan Toshkent shahar deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Ahmedovning saylovoldi tashviqotlari yuzasidan ma’muriy ish qo‘zg‘atildi. Bu haqda Bosh prokuratura axborot xizmati ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, 38-Olmazor saylov okrugidan Toshkent shahar kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan A.M.Axmedov joriy yilning 15-16 dekabr kunlari Chilonzor tumani “Katta Chilonzor-1” hamda “Katta Chilonzor-2” MFYlari hududida o‘tkazilgan yarmarkalarda ishtirok etgan.
Shuningdek, saylovchilar bilan uchrashib, ularga “O'zlidep” logotipi joylashtirilgan peshtaxtalar orqali rahbarligidagi tashkilot tomonidan ishlab chiqarilgan un va yog‘ mahsulotini imtiyozli narxda sotgan. Saylovchilarga shu tariqa saylovoldi tashviqotini olib borgan.
Ayni damda A.M.Axmedovga nisbatan ma’muriy javobgarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atilib, to‘plangan hujjatlar ma’muriy ishlar bo‘yicha Chilonzor tuman sudiga yuborilgan.