Zangiota tuman hokimligi bo‘lim mudiri 120 ming dollar bilan qo‘lga tushdi

© Sputnik / Vladimir FedorenkoMujchina derjit naruchniki
Mujchina derjit naruchniki - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Bo‘lim mudiri sherigi bilan jamiyatga tegishli 30 sotix yerni firibgarlik yo‘li sotayotgan vaqtda jinoyat ustida ushlangan.

TOShKENT, 18 dek — Sputnik. Toshkent viloyati Zangiota tumanida yerni noqonuniy sotayotgan ikki jinoyat ustida qo‘lga olindi.

O‘zbekistonda 1-martdan yer ajratish jarayoni yanada shaffof bo‘ladi

Bosh prokuratura matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 17-dekabr kuni huquqni muhofaza qiluvchi organlari xodimlari hamkorligida tezkor tadbir o‘tkazilgan. Unda Zangiota tuman hokimligi umumiy bo‘lim mudiri A.T. va “M.G.S.” MChJ rahbari M.S.lar jamiyatga tegishli “Qatortol” qishlog‘i, “Navro‘z” massividagi 2,7 gektar yer maydonining 0,3 gektarini noqonuniy ravishda fuqaro S.X.ga 120 ming dollarga sotayotgan vaqtida jinoyat ustida ushlanishgan.

Ularni yerning har bir sotixini 4 ming dollarga baholashgan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston JKning tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Yangiliklar lentasi
0