Tanzila Norboyeva Ozarbayjon prezidenti bilan uchrashdi

© Informatsionnaya slujba Senata RUzTanzila Narbayeva vstretilas s prezidentom Azerbaydjana Ilxamom Aliyevim.
Tanzila Narbayeva vstretilas s prezidentom Azerbaydjana Ilxamom Aliyevim. - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Ilhom Aliyev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga to‘xtalib o‘tgan va Boku shahrida oliy darajada bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarga yuqori baho bergan.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik.  O‘zbekiston Oliy Majlisi Senati raisi Tanzila Narboyeva Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashdi. Bu haqda Senat matbuot xizmati xabar qildi.

Qayd etilishicha, Ilhom Aliyev ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holati va rivojlanish istiqbollariga to‘xtalib o‘tgan va Boku shahrida  oliy darajada bo‘lib o‘tgan samarali muzokaralarga yuqori baho bergan. Ozarbayjon tomoni ilgari erishilgan kelishuvlarni to‘liq tatbiq etishga tayyorligini izhor etgan.

O‘zbekiston Baku orqali paxta, gilam va ipak savdosini yo‘lga qo‘yishi mumkin

Suhbat davomida ikki mamlakat parlamentlararo hamkorligini yanada rivojlantirish bo‘yicha ham fikr almashildi.

Uchrashuvda Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining to‘qqizinchi yalpi majlisi muvaffaqiyatli o‘tishiga va unda muhim masalalar muhokama etilishiga hamda yaxshi natijalarga erishilishiga ishonch bildirildi.

Tadbir ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona va birodarlik aloqalarini yana bir bor tasdiqlashi ta’kidlandi.

Senat raisi boshchiligidagi O‘zbekiston delegatsiyasi Turkiy tilli mamlakatlar Parlament Assambleyasining yalpi majlisida ishtirok etish uchun Boku shahriga tashrif buyurgan.

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Miziyoyev Bokuda bo‘lib o‘tgan Turkiy tilli davlatlar kengashi doirasida mamlakakat prezidenti Ilhom Aliyev bilan uchrashgan edi. Prezidentlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishning dolzarb masalalarini muhokama qilib, bu borada birinchi galdagi vazifalarni belgilab olgan edilar.

Yangiliklar lentasi
0