Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Universitete Nagoi proshla torjestvennaya seremoniya prisvoyeniya Prezidentu Respubliki Uzbekistan Shavkatu Mirziyoyevu zvaniya pochetnogo doktora
V Universitete Nagoi proshla torjestvennaya seremoniya prisvoyeniya Prezidentu Respubliki Uzbekistan Shavkatu Mirziyoyevu zvaniya pochetnogo doktora - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Nagoya universitetining ilmiy kengashi O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

TOShKENT, 18 dek – Sputnik. Shavkat Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev i yego supruga Ziroat Mirziyoyeva - Sputnik O‘zbekiston
Mirziyoyev va uning rafiqasi Yaponiyada qanday kutib olindi

Nagoya universitetining ilmiy kengashi ta’lim sohasini rivojlantirishga qo‘shgan ulkan hissasi hamda ilm-fan va akademik almashinuvlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlagani uchun, shuningdek, O‘zbekistonda yangi bosqichda amalga oshirilayotgan iqtisodiyotni liberallashtirish va barqaror taraqqiyotga erishish borasidagi islohotlar e’tirofi sifatida O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyevga universitet faxriy doktori unvonini berish to‘g‘risida qaror qabul qildi.

Mazkur unvonni topshirish marosimida universitet rahbariyati, professor va o‘qituvchilari, talabalari hamda Nobel mukofoti sovrindorlari ishtirok etdi.

Marosimda Nagoya universiteti prezidenti Seyichi Matsuo so‘zga chiqib, O‘zbekiston rahbari ikki mamlakat o‘rtasida ilm-fan sohalaridagi aloqalarni rivojlantirishga katta e’tibor qaratayotgani, ushbu qaror ta’lim sohasidagi uzoq muddatli va istiqbolli hamkorlikni yanada kengaytirishga tomonlarning intilishi ifodasi ekanini ta’kidladi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev o‘z nutqida o‘zbek va yapon xalqlarini o‘xshash milliy va axloqiy qadriyatlar bilan birga ilm-fan va tafakkurga, kamolotga doimo intilib yashash kabi ezgu fazilatlar birlashtirib turishini ta’kidladi. Zamonaviy dunyoda inson kapitali, intellektual salohiyat, innovatsion g‘oyalar, yuqori texnologiyalar jadal va barqaror taraqqiyotning fundamental asosini tashkil qilayotganini qayd etdi.

© Press-slujba prezidenta UzbekistanaV Universitete Nagoi proshla torjestvennaya seremoniya prisvoyeniya prezidentu Uzbekistana Shavkatu Mirziyoyevu stepeni pochetnogo doktora
Mirziyoyev Nagoya universitetining faxriy doktori unvoni bilan taqdirlandi - Sputnik O‘zbekiston
V Universitete Nagoi proshla torjestvennaya seremoniya prisvoyeniya prezidentu Uzbekistana Shavkatu Mirziyoyevu stepeni pochetnogo doktora

Davlat rahbari, shuningdek, O‘zbekiston – Yaponiya hamkorligida ulkan ishlar amalga oshirilganini qayd etib, ayni vaqtda bu borada ishga solinmagan imkoniyatlar ham borligini ta’kidladi hamda qator takliflarni ilgari surdi. Bu boradagi hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida ilmiy-akademik almashuvlar va texnologiyalar transferi bo‘yicha O‘zbekiston-Yaponiya qo‘shma fondini tashkil qilishni taklif etdi.

Ushbu fond ilmiy tadqiqotlarni, ikki mamlakat yosh olimlarining birgalikdagi ilmiy izlanishlarini moliyalashtirish, talaba va professor-o‘qituvchilar almashuvi bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qiladi.

Prezident O‘zbekiston – Yaponiya azaliy do‘stligining ramzi sifatida mamlakatimizda o‘zbek va yapon tillarida chop etilgan bir qancha kitob va albomlarni Nagoya universiteti kutubxonasiga taqdim etdi.

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev tashrifining Nagoyadagi tadbirlarga boy dasturi o‘z nihoyasiga yetdi. Respublika rahbari Tokioga jo‘nab ketdi. Aeroportda uni Aichi prefekturasi va Nagoya shahri rahbariyati, boshqa rasmiy shaxslar kuzatib qo‘ydi.

Yangiliklar lentasi
0