MAGATE O‘zbekiston uchun to‘rtta loyihani tasdiqladi

© REUTERS / Leonhard FoegerMAGATE
MAGATE - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Dasturlar texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

TOShKENT, 17 dek — Sputnik. Xalqaro atom energiyasi agentligi (MAGATE) boshqaruv kengashi O‘zbekiston uchun to‘rtta loyihani tasdiqladi. Bu haqda Energetka vazirligi xabar qildi.

Kelishuv O‘zbekiston va MAGATE o‘rtasidagi Texnik hamkorlik dasturi doirasida amalga oshirilgan bo‘lib, ular texnik imkoniyatlarni va inson resurslarini oshirish, yadroviy infratuzilmani rivojlantirish, O‘zbekistonda atom energiyasidan tinch foydalanish sharoitida yadro/radiatsion xavfsizlikni kuchaytirishga yo‘naltirilgan.

Ministri energetiki stran SARES vstretilis v Tashkente - Sputnik O‘zbekiston
Aripov: AES loyihasini amalga oshirishda barcha xalqaro talablarga qat’iy rioya qilamiz

O‘zbekistonda loyiha ijrochilari “O‘zatom”, Sanoat xavfsizligi davlat qo‘mitasi, Yadro fizikasi instituti, O‘zbekiston milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti va Toshkent shahar onkologiya dispanseri hisoblanadi.

Dastur O‘zbekistondagi yadroviy obyektlarni ekspluatatsiya qilishda yadroviy va radiatsion xavfsizlikni kuchaytirish, tibbiyotda va iqtisodiyotning boshqa sohalarida zamonaviy yadro texnologiyalarini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, yadro energetikasi to‘g‘risidagi bilimlarni tarqatishni o‘z ichiga oladi.

“O‘zatom” meyoriy hujjatlarni ishlab chiqish borasida MAGATE bilan yanada yaqin hamkorlik qilishga umid qilmoqda. “O‘zatom” boshqaruv organi qanchalik kuchli bo‘lsa, dastur shunchalik xavfsiz va muvaffaqiyatli bo‘ladi deb hisoblaydi.

Rossiya O‘zbekistonga AES qurilishi uchun kredit berishi mumkin

“Biz o‘z yadro energetika dasturimizni amalga oshirish yo‘lida MAGATE bilan yonma-yon bormoqdamiz. Eng yuqori darajadagi xavfsizlikni ta’minlash bilan birga O‘zbekistondagi yadro energetikasi va yadro texnologiyalari sohasidagi bilimlarni takomillashtirish bizning ustuvor vazifalarimizdir”, - dedi Energetika vazirining birinchi o‘rinbosari va “O‘zatom” agentligi bosh direktori Jo‘rabek Mirzamahmudov.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq agentlikning yangi bosh direktori Rafael Grossi O‘zbekistonga atom elektr stansiyasini qurish jarayonida ko‘maklashishn davom ettirishga tayyorligini tasdiqlagani xabar qilingan edi.

Yangiliklar lentasi
0