“HUMAN” agentligi rahbari sud oldida javob bermoqda

© Sledstvenniy departamentNachalsya sud nad rukovoditelem agentstva HUMAN
Nachalsya sud nad rukovoditelem agentstva HUMAN - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan video aloqa tizimi orqali ta’minlash rejalashtirilgan.

TOShKENT, 16 dek — Sputnik. Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent viloyat sudida “HUMAN” xususiy bandlik agentligi” rahbariga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqish bo‘yicha ochiq sud jarayoni boshlandi.

Denejnie kupuri i moneti raznix stran - Sputnik O‘zbekiston
Odamlarni katta pulga aldagan "Xuman" rahbari uylari, mashinalari va pullari hibsga olindi

Sudlanuvchi Sh. Fayzullayev firibgarlik, soxta tadbirkorlik, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish kabi jinoyatlarda ayblanmoqda.

Jinoyat natijasida 1 198 nafar fuqaroning manfaatlariga zarar yetkazilgan.

Jinoyat ishi doirasida 5 ta ko‘chmas mulk va 5 ta avtotransport vositasi xatlangan.

Ta’kidlanishicha, jabrlanuvchilar ko‘pligi va turli hududlardan bo‘lgani bois, ularni sud majlislarida ishtirok etishini yashash joylaridagi sudlar binolarida o‘rnatilgan video aloqa tizimi orqali ta’minlash rejalashtirilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Human xususiy bandlik agentligi” litsenziyasini to‘xtatilgani va agentlik direktoriga qator ayblovlar qo‘yilgani xabar qilingan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, agentlik fuqarolarni 1,67 milliard so‘mga chuv tushirgan.

Yangiliklar lentasi
0