IIV ikki yigitni uyatli so‘zlar bilan haqoratlab, urgan mushtumzo‘rlarni aniqladi

© StringerUzbekskiy militseyskiy avtomobil
Uzbekskiy militseyskiy avtomobil - Sputnik O‘zbekiston
Obuna bo‘lish
Mushtumzo‘rlardan biri qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, xalqdan kechirim so‘ragan, deb xabar qilmoqda Ichki ishlar vazirligi.

TOShKENT, 14 dek - Sputnik. O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi 13-dekabr kuni qidiruvga berilgan "mushtumzo‘rlar"ning shaxsiga aniqlik kiritdi.

Messendjer Telegram mojet bit zablokirovan Roskomnadzorom - Sputnik O‘zbekiston
IIV fuqarolarni internet firibgarlaridan ogohlantirdi

Eslatib o‘tamiz, Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati 13-dekabr kuni ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan bir guruh shaxslar tomonidan ikki nafar o‘smir yigitning haqorat qilinib, kaltaklangani aks etgan videoga munosabat bildirgan va mushtumzo‘rlar qidirilayotganini ma’lum qilgandi.

Olib borilgan tekshiruvlar davomida ularning shaxsiga aniqlik kiritilgan.

Ma’lum bo‘lishicha, videoda tasvirlangan holatlar 2018-yil mart oyining boshlarida Toshkent viloyati Angren shahrida joylashgan 72-sonli avtokorxonaning orqa tomonida bo‘lib o‘tgan. Unda 2001-yilda tug‘ilgan S.P. uch nafar tengdoshi bilan tanishlari Sh.F. va Sh.T.ni ilgari yuzaga kelgan kelishmovchilik sabab urib tepganliklari, keyinchalik mazkur holat mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda ikki tomonning ota-onalari ishtirokida muhokama qilinganligi, kelishmovchilikka barham berilib, holat ishtirokchilarining bir-birlariga nisbatan da’vosi yo‘qligi aniqlandi.

Fuqaro S.P. bilan suhbatlashilganda, mazkur video qaysi yo‘l bilan tarqalib ketganini bilmasligini, qilgan ishidan chin ko‘ngildan pushaymonligini bildirib, ushbu holat aholi orasida shov-shuvga va ularning haqli e’tiroziga sabab bo‘lganligi uchun kechirim so‘ragan.

IIV mazkur holatga oydinlik kiritishda ko‘maklashgan fuqarolarga rahbariyat nomidan minnatdorchilik bildirib qolgan.

Yangiliklar lentasi
0