Men uni juda qattiq uraman - Nurmagomedov Ferguson bilan bo‘lajak jangi haqida

Obuna bo‘lish
UFC chempioni Habib Nurmagomedov amerikalik Toni Ferguson bilan bo‘lajak jangga qanday tayyorgarlik ko‘rayotgani haqida so‘zlab berdi.

Nurmagomedov Fergusonni “juda qattiq urish”ni mo‘ljallamoqda. Habib raqibining kuchli tomonlarni belgilab oldi va hozirgi vaqtda kuchli mashq qilmoqda.

“Raqib juda yaxshi, UFC  butun tarixi davomida ketma-ket 12 ta g‘alaba qozongan ikki jangchi uchrashmagan”, - dedi rossiyalik sportchi.

Eslatib o‘tamiz, Nurmagomedov va Ferguson o‘rtasida jang Nyu-Yorkda 18-aprelda Barclays Center arenasida o‘tkaziladi.

Nurmagomedov sentabrda Abu-Dabida amerikalik jangchi Dastin Puaryeni mag‘lubiyatga uchratib, UFC chempionlik kamarini himoya qilgandi.

Ferguson iyun oyida o‘tkazgan oxirgi jangida Serron ustidan g‘alaba qozongandi. Ferguson professional karyerasida 25 ta jangda g‘alaba qozongan bo‘lsa, 3 ta jangda  mag‘lubiyat alamini tortgan.

Nurmagomedov 28 ta jang o‘tkazgan bo‘lsa, barchasida g‘alaba qozongan.

Yangiliklar lentasi
0